Muassasalari agentligi tizimidagi muhammad yusuf nomidagi


Download 1.79 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/13
Sana14.04.2023
Hajmi1.79 Mb.
#1358119
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
BOBUR QO`LLANMA

 
 
 
PREZIDENT SH. M. MIRZIYOYEV 


22 
BOBUR MIRZO UY MUZEYIDA
ZOKIRJON MASHRABOV BILAN 
Hayotining so`nggi yillari. Bobur hayotining so`nggi yillari Hindistonda kechdi. U 
Hindiston kelajagi va ravnaqi yo`lida katta xizmat qildi. Uning bu xizmatlarini 
qadrlagan hind xalqi uni o`z farzandlari qatorida aziz bilishadi. Rajiv Gandi so`zlarida 
ana shu yaqinlikning ifodasini ko`ramiz: "Farg`onalik mard, nozikdid Bobur Gang 
tekisliklarimizgacha yetib kelgan, buyuk mo`g`ullar sulolasi atalgan saltanatimizga 
asos solib, o`zini hind deb bilgan edi”.Bobur Hindistondagi tarqoq viloyatlarni 
markazlashtirdi. Davlat ishlarini adolat bilan boshqardi. G`ayridinlik solig`ni bekor 
qildi. Vafot etgan erni tirik xotin bilan kuydirishni man etdi. Kiyinish madaniyatini 
takomillashtirdi. Adabiy muhit tashkil etdi. Ijodkor va ilm ahliga rahnamolik qildi. 
Hindistonda so`lim bog`lar barpo qildi. O`z Vatanidan uzum va qovun urug`larini 
oldirib, ektirdi. Hindiston elining o`ziga xos urf - udumlariga, qadriyatlariga hurmat 
bilan qaradi. Yutuqlarini o`rganib, keng tatbiq qildi. Kamchiliklarni bartaraf etdi. 
Ulkani madaniy va so`lim go`shaga aylantirdi. Ammo Bobur 1526 yil dekabrda 
dushmanlari tomonidan zaharlandi. Tasodif tufayli omon qoldi. Rano Sango boshliq 
hind va afgon zamindorlarining katta qo`shini bilan mardona kurashdi. Unga g`alaba 
muyassar bo`ldi.
 
Xiyonatlar, tinimsiz kurashlar,mashqqat va xavotirga, tahlikaga to`la hayot, 
zaharlanish asorati borgan sari Boburning sog`ligini yemiradi. Bir oyga yaqin 
isitma, uyqusizlik, holsizlik azob beradi. Shu o`rtada katta o`g`li , valiahd shahzoda 
Humoyun Mirzo og`ir xastalikka chalinadi. Mashhur tabiblarning muolajalari ham 
yordam bermaydi. Dori – darmonlar kor qilmaydi.Shahzoda kundan- kun so`lib 
boradi. Shunda tabiblar Humoyunning eng yaxshi ko`rgan narsasini sadaqa qilishni 
tavsiya qilishadi. Shunda Bobur "Men o`zum tasadduq bo`layin, Xudo qabul 
qilsun”, — deya iltijo qiladi. "Ushal holatda kirib, uch qatla boshidan o`rgulub, 
dedimkim, men ko`tardim har ne darding bor. O`shal zamon men og`ir bo`ldum, ul 
yengil bo`ldi. Ul sihat bo`lub qo`pti. Men noxush bo`lub yiqildim". Bobur 1530 yil 


23 
26 dekabrda Agrada vafot etdi. Keyin uning vasiyatiga ko`ra xoki Kobulga 
ko`chirildi. 
Zahiriddin Muhammad Bobur ana shunday jasoratga to`la hayot yo`lini bosib 
o`tdi. Hech qachon vijdoniga xiyonat qilmadi. Razilliklar, taxt o`yinlari, tahlikalar, 
xiyonatlar uning irodasini sindira olmadi.Hayoti so`nggida ham fidoyilikning 
yuksak namunasini ko`rsatdi – o`z farzandi arjumandi uchun hech ikkilanmay aziz 
jonini nisor qildi.Bobur Mirzo odil shoh, ilmparvar hukmdor, nozikta`b shoir, 
nuktadon nosir, zukko tarixchi, oilasi , farzandlari uchun g`amxo`r ota, millati va 
vatani nomini abadiyatga muhrlagan, buyuk sulola asoschisi sifatida, biz, 
vatandoshlariga hamisha o`rnakdir. 


24 

Download 1.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling