Muassasalari agentligi tizimidagi muhammad yusuf nomidagi


Download 1.79 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/13
Sana14.04.2023
Hajmi1.79 Mb.
#1358119
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
BOBUR QO`LLANMA





IXTISOSLASHTIRILGAN TA`LIM
MUASSASALARI AGENTLIGI 
TIZIMIDAGI 
MUHAMMAD YUSUF NOMIDAGI 
IJOD MAKTABI 
MENI SHOH 
DESALAR 
ISHONMA , 
YURTIM… 



Tuzuvchi: Ixtisoslashtirilgan ta`lim muassasalari agentligi tizimidagi
Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabining oliy toifali ona tili va 
adabiyoti fani o`qituvchisi Dilfuzaxon O`rmonova 
Taqrizchi: Zahiriddin Muhammad Bobur nomli Andijon davlat
universiteti O`zbek adabiyoti kafedrasi katta o`qituvchisi, dotsent,
PhD Z. Mamajonov 
Tarixda tub burilish yasagan, Temuriylar dong`ini dunyoga 
taratgan,mohir sarkarda, “Buyuk mo`g``ullar imperiyasi”ga asos solgan, 
XVI asr adabiyotining yorqin namoyondasi,”Boburnoma”asari bilan
turkiy nasrni rivojlanish choqqisiga olib chiqqan, ilmiy asarlarga qo`l 
urgan mutaffakirona salohiyat egasi, tarixchi, mutarjim, hazin va 
hayotbaxsh ash`orlar muallifi, jasorat va mardlik, fidokorlik ramzi sifatida
nomi abadiyatga muhrlangan Zahiriddin Muhammad Boburning hayot 
yo`li biz uchun ibrat maktabidir. Ushbu qo`llanmada Boburning hayot 
yo`li, shajarasi, bobomiz haqida yozilgan o`tli satrlar va shoirning eng 
sara ruboiylari, g`azallaridan namunalar bilan tanishishingiz mumkin.
Ijod maktabi o`quvchilari va Boburmirzo ijodi muxlislariga tavsiya
etiladi. 
Ushbu uslubiy qo`llanma Ixtisoslashtirilgan ta`lim muassasalari agentligi
tizimidagi Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabining 9.09.2022 
yildagi navbatdan tashqari yig`ilishining № 2-sonli qarori bilan chop etishga 
tavsiya etilgan



YUKSAK EHTIROM 
Bobur Mirzo bizning bobomiz, bizning qonimiz,
bizning bolalarimizga g`urur bilan aytadigan 
buyuk ajdodimizdir. U Andijonda tug`ildi,
Andijonda kamol topdi. 
Mana shunday ajdodlarimiz borligi, mana shular 
Andijon farzandi ekanligini hech qaysimiz, 
hech qachon unutmasligimiz kerak.
O`zligimizni anglashni shundan boshlashimiz lozim. 
Shavkat Mirziyoyev 
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti boshchiligida yurtimizning juda 
ko`p sohalari, jumladan ta`lim sohasida olamshumul islohotlar amalga oshirilmoqda. 
Mamlakat yoshlarini har tomonlama yetuk va barkamol, intellektual salohiyatli, 
mustaqil fikrlaydigan, o`z qat`iy pozitsiyasiga ega, yurtda amalga oshirilayotgan 
islohotlarga befarq bo`lmagan, yurtning ertangi munosib kelajagi uchun daxldorlikka 
tayyor, maqsadga intiluvchan, serg`ayrat, vatanparvar, sadoqatli, komil shaxslar 
sifatida tarbiyalash O`zbekistonni dunyoning eng rivojlangan davlatlari safidan o`rin 
olishining muhim omilidir. Ulug` ajdodlarimiz hayot yo`lini , ular qoldirgan buyuk 
merosni o`rganish, ularga munosib adlod bo`lishga harakat qilish tuyg`usini 
shaklllantirish bugungi ta`limning eng dolzarb masalalaridan biridir. Tarixda tub 
burilish yasagan, Temuriylar dong`ini dunyoga taratgan,mohir sarkarda, “Buyuk 
mo`g``ullar imperiyasi”ga asos solgan, XVI asradbiyotining yorqin 
namoyondasi,”Boburnoma”asari bilan turkiy nasrini rivojlanish choqqisiga olib 
chiqqan, ilmiy asarlarga qo`l urgan mutaffakirona salohiyat egasi, tarixchi,
mutarjim, hazin va hayotbaxsh ash`orlar muallifi, jasorat va mardlik, fidokorlik ramzi 



sifatida nomi abadiyatga muhrlangan Zahiriddin Muhammad Boburning hayot yo`li 
biz uchun ibrat maktabidir. Bu buyuk bobomiz hayot yo`li va ijodini o`rfanish har 
o`zbekning, xususan, unga vatandosh bo`lgan har bir Andijon farzandining burchidir. 
Shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Boburning hayot yo`li, Bobur 
Mirzo asarlarining xorijda o`rganilishi haqidagi ma`lumotlar, ijodining eng sara
namunalari, bobomizga ba`ishlangan she`rlar, Bobur tavalludiga ba`ishlab 
o`tkaziladigan bayram tadbirlari uchun senariy va shoir hayotiga oid qiziqarli 
fotosuratlardan namunalarni ushbu to`plamda jamladik. Shoir ijodini ummonga 
qiyoslasak, bu to`plam dengizdan tomchi bo`lishi tabiiy. To`plamni Bobur 
Mirzoning rango- rang tuyg`ular jilva etgan ijod olamiga yo`l ochuvchi debocha deb 
bilgaysiz. Bobur ijodining ixlosmandlariga ajoyib tuhfa bo`lishidan umidvormiz.
Dilfuzaxon O`rmonova 
Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabining oliy toifali
ona tili va adabiyoti fani o`qituvchisi



ZAHIRIDDIN MUHAMMAD 
BOBUR 
(1483- 1530) 

Download 1.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling