Muassasalari agentligi tizimidagi muhammad yusuf nomidagi


BOBURNING 12 YOSHIDA TAXTGA


Download 1.79 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/13
Sana14.04.2023
Hajmi1.79 Mb.
#1358119
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
BOBUR QO`LLANMA

BOBURNING 12 YOSHIDA TAXTGA 
O`TIRISHI. MINIATURA.XVI ASR 


12 
 
(yemish)kamyob bo`ldi. Daraxtlarning bargini otka berurlar edi... ba’zi quruq 
yig`ochlarni randa qilib, taroshasini suvg`a ibitib otg`a berurlar edi".Bobur har 
tarafga elchilar yuborib ko`mak so`raydi. Lekin hech kimdan madad kelmaydi. 
Bobur ayniqsa, Husayn Boyqarodan ranjiydi. U Boburga qayishish o`rniga 
Shayboniyga elchi yuboradi.Qamal uzoqqa cho`ziladi. Shayboniyxon sulh taklif 
qiladi.Boburning boshqa chorasi yo`q edi. Taklifni qabul qilishga majbur bo`ladi. 
Tunda o`z yaqinlari bilan Samarqandni tark etadi. Bobur "Mening egachim 
Xonzodabegim ushbu chiqqonda Shayboniyxonning iligiga tushti"deb, afsus bilan 
xotirlaydi. Samarqanddan chiqqan Bobur Jizzax, O`ratepa, Dahkat atroflarida 
sargardonlikda qoladi. Toshkentga bobosi Yunusxon huzuriga madad izlab boradi. 
Ular yaxshi mehmon qilishadi. Ko`p va’da ham berishadi, ammo vafo qilishmaydi. 
Amalda hech kanday yordam berishmaydi.Pskent, Shoxruhiya atroflarida 
Shayboniyxon bilan qisqa to`qnashuvlar bo`ladi.1502 yilda Ahmad Tanbalning 
Toshkentga hujumga tayyorlanayotgani xabari keladi. Buni eshitib, Boburning 
tog`alari - Sulton Mahmudxon va Sulton Ahmadxon Andijonga yurish boshlashadi. 
Bobur ham ularga qo`shiladi. Bu jangda Bobur katta jasorat ko`rsatadi. 
"Boburnoma"da uning mahoratli sarkarda ekanligini ko`rsatuvchi jonli manzaralar, 
mardona janglar tasvirini ko`ramiz. U O`shni qo`lga kiritadi. O`zgan va Marg`ilon 
xalki xayrixohlik bilan Boburni chorlashadi. Raboti Ro`zaqda qattiq jang bo`ladi. 
Tunda gaflatda bostirib kelgan Tanbal lashkarining qo`li baland keladi. Shu jangda 
Bobur boshi va oyog`dan yaralanadi. Tanbal bilan yuzma - yuz to`qnashib jang 
qiladi. Nihoyat, Bobur va uning tarafdor xonlari g`olib keladi. Ahmad Tanbal 
qochadi. U Shayboniyga birlashish uchun odam yuboradi.Andijon qaytib olindi. 
Ammo tog`alari Boburga viloyat berishmadi. Jon chekib qo`lga kiritgan hududlarini 
ham unga taklif qilishmadi. Bundan Bobur qattiq ranjiydi.U "Boburnoma"da 1502 
yil voqealari haqida hikoya qilar ekan, ilk bor bosh olib ketmoq fikriga keladi: 
"Dedimkim, mundoq, dushvorlik bila tirilguncha, bosh olib ketsam yaxshi. Bu nav’ 
xorliq va zorliq bila el bilguncha,oyog`im etgancha ketsam yaxshi’’.Shayboniyxon 


13 
katta qo`shin bilan Andijon sari yo`lga tushganini eshitib, Sulton Mahmudxon va 
Sulton Ahmadxon lar orqaga qaytishadi. Shu kunlarda Axsida 100 tacha navkari 
bilan qolgan Boburga qarshi Ahmad Tanbal bir necha ming yigiti bilan jang 
boshlaydi. Tengsiz to`qdashuvda Bobur yengiladi. U ikki kecha-kunduz dushman 
ta’qibidan qochib qutuladi, omon qoladi. 

Download 1.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling