Muassasalari agentligi tizimidagi muhammad yusuf nomidagi


Download 1.79 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/13
Sana14.04.2023
Hajmi1.79 Mb.
#1358119
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
BOBUR QO`LLANMA

BOBUR SHAJARASI 



Boysung`ur Mirzo esa Samarqandni egallaydi.1497 yilda Bobur yana 
Samarqandga yurish boshlaydi.Boysung`ur Mirzo Shayboniyxondan madad 
so`raydi. Yetti oy davom etgan jang-u jadaldan so`ng Boburning qo`li baland 
keladi. Shahar ahlining xayrixohligi unga madad bo`lib, bobolarining muqaddas 
poytaxti nasib etadi. Boburning g`alaba nashidasi uzoq davom etmaydi. Talon - 
tarojlar natijasida Samarqand nochor ahvolga tushib qolgan edi. Hatto lashkar 
ta’minoti ham qiyinlashadi. Natijada uylarini ham sog`ingan cherik ahli birin- ketin 
Andijonga qochib keta boshlaydi. Jangda ibrat bo`lgan beklari - Ahmad Tanbal, 
Xonquli, Ibrohim Bekchik kabilar ham Samarqandni tark etadi: "Samarqandni 
olg`onda Samarqand andoq xarob edikim, madad va tuxm( yemish) va takovi(ot- 
ulov)ga ehtiyoj bor edi... Bu jihatlardin cherik eli ko`p tanqislik torttilar... Uylarini 
ham sogindilar. Birar - ikkirar qochmokra yuz qo`ydilar..."Ushbu fursatda 
Andijonda ham notinchlik boshlanadi. Ahmad Tanbal va Axsini vaqtincha 
boshqarish uchun qoldirilgan Uzun Hasan xiyonat yulini tutishadi. Boburning 
ukasi Jahongir Mirzoni Andijon hokimi etish rejasini tuzishadi va Andijonni qamal 
qilishadi. Vaqtincha Andijonni boshqarish uchun qoldirilgan Ali Do`st Tag`oyi 
Boburning Samarqandda og`ir betobligi va o`lim to`shagida yotgani xabarini 
eshitib, vahimaga tushib Andijonni Jahongir Mirzo tarafdorlariga topshiradi. Bu 
xiyonat va nomardona hodisa Boburni qattik qayg`uga soladi. Bu kunlar ” 
Boburnoma”da shunday tasvirlanadi:"to`rt kungacha tilim tutildi,og`zimg`a paxta 
bilan suv tomizurlar erdi" . Bobur volidasi Qutlug`nigorxonim va piri murshidi 
Xoja qozi maktublari va da’vatlari sababli Samarqandni tark etdi. U bu fatxida 
Samarqandda 100 kun podshohlik qilganini e’tirof etadi: "Bu navbat Samarqand 
shahrida yuz kun podshohlik qildim”. 
1498 yil fevral oyida Andijon sari yo`l olgan Bobur bir haftadan so`ng 
Xo`jandga yetganda, Andijonning muxoliflar qo`liga topshirilganini eshitadi. 



O`rtada ham Samarqand,ham Andijondan ajragan, davlatsiz va mulksiz qolgan 
Bobur qattiq ruhiy iztirobda qoladi: "Andijong`a bo`la Samarqandni ilikdin berduk. 
Andijon ham ilikdin chiqmish edi... Bisyor shaq va dushvor keldi. Ne uchunkim, to 
podshoh bo`lub edim, bu nav navkardin va viloyattin ayrilmaydur edim. To 
o`zumni bilib edim, bu yo`sunluq ranj va mashaqqatni bilmaydur edim” .Ammo 
Bobur o`zini yo`qotmaydi. Bu mushkullikdan qutulish yo`ini izlab topadi. U sodiq 
beklaridan Qosimbekni Toshkentga Xon bobosi huzuriga madad uchun yuboradi. 
Xon Ohangaron orqali Kandir dovoniga kelib Bobur bilan birlashadi va Pop 
qo`rg`onida muxoliflar bilan sulh tuzadi. Bobur Xonning Andijonni qaytib olish 
imkoni bor joyda sulhga rozi bo`lganidan qattik ranjiydi. Bu holdan umidsizlangan 
ko`pchilik cherik ahli Boburni tark etishadi. Uning oldida 200 dan ko`proq 300 dan 
kamroq kishi qoladi. Bu adolatsiz mag`lublik Boburni qattik iztirobga soladi: 
"Mening bila qolgonlar g`urbat bila mehnatni ixtiyor qilgonlar, yaxshi - yomon, 
taxminan ikki yuzdin ko`proq, uch yuzdin ozroq bo`lg`ay edi...Manga bisyor 
dushvor keldi…” Shundan keyin Boburning sargardonlik kunlari boshlandi. U ikki 
yilga yaqin Xo`jand, O`ratepa atroflarida davlatsiz, mulksiz, ruhiy iztiroblarga 
to`la, mashaqqatli hayot kechirdi.1499 yilning yoz oylarida O`ratepa atrofida Ali 
Do`st Tag`oyidan xabar keladi. Agar gunohlari avf etilsa, Marg`ilonni Boburga 
topshirish niyatida ekanligini aytadi. Bu taklifni Bobur uzoq muhokama etmay 
qabul qiladi. Bir necha kun yo`l yurib, Bobur atrofidagi 240 kishisi bilan 
Marg`ilonga yetib keladi. Ahmad Tanbal va Uzun Hasanning zulm-u sitamidan 
bezgan xalq Boburni mamnunlik bilan qarshi oladi. Bir necha kunlik jangdan 
so`ng Andijon qayta qo`lga kiritiladi: "Ota viloyatikim, ikki yilga yovuqlashib 
edikim, ilikdin chiqib edi, Tengri inoyati bila zulqa’da oyida sana 904 da (1499 
y.)yana muyassar va musaxxar bo`ldi". Ammo Ahmad Tanbal Jahongir Mirzoni 
podshoh qilib ko`tarish rejasidan qaytmagan va janglar davom etar edi. Nihoyat 
urush sulh bilan yakunlanadi. Jahongir Mirzoga Axsi,Bobur Mirzoga Andijon 
taraflar buysundi. Bobur 1500 yilda Sulton Ahmad Mirzoning qizi Oyshabegimga 
uylandi. Shu yildan boshlab she’rlar mashq qila boshladi. Bu davrda hali ham ichki 
ziddyatlar davom etar, Ahmad Tanbal va uning og`a - inilari o`z rejalaridan voz 


10 
kechmaganliklari sezilib turardi. Shunday notinchliklardan bezgan Bobur 
Muhammad Mazid Tarxon boshliq Samarqand beklarining anchadan beri davom 
etayotgan taklifini qabul qiladi.Bobur yana Samarqandga yo`l oladi. Sangzorga 
kelganda Samarqand beklari bilan maslahatlashadi. Bir qancha muzokaralardan 
so`ng Samarqand taxti Xoja Yaxyo tomonidan Boburga jangsiz 
topshiriladi.Shayboniyxon katta qo`shin bilan Samarqandga kelayotganini eshitib, 
Bobur bir qancha Samarqand beklari bilan Keshga ketadi. Bir - ikki haftadan so`ng 
Sulton Ali Mirzo Samarqandni Shayboniyxonga topshiradi. Onasi Zuhrabegim 
bunga sababchi bo`ladi. Zuhrabegim o`zini Shayboniyxon qo`liga topshirib, 
o`g`lining hayoti va saltanatini saqlab qolmokchi bo`ladi. Ammo SHayboniyxon 
Sulton Ali mirzoni bir qancha beklari bilan o`ldiradi. Xoja Yaxyoni ikki o`g`li 
bilan Xurosonga ketishga ruxsat berib, ortidan odam yo`llab, ularni ham shahid 
qiladi.Bobur Samarqand atrofida uni egallash rejasini tuzar edi. Boburning 
askarlari shaharning "Feruza" darvozasidan yorib o`tib,qo`rgonga kirishadi va 
Samarqandni ikkinchi marta qo`lga kiritadilar. Shahar ahli Boburshohni 
xayrixohlik bilan qarshi oladi. Xalq Shayboniyxon navkarlariga qarshi jangga 
kirishadi.Ahvolni anglagan Shayboniyxon Samarqandni tark etishga majbur 
bo`ladi. Bobur g`alaba nashidasini "Boburnoma"da shunday eslaydi: "Yuz qirk 
yilg`a yovuq Samarqand poytaxti bizning xonavodada edi. Qandag`i yot 
yog`iy,o`zbak (Shayboniyxon) kelib mutasarrif bo`lub edi.Ilikdin ketgan mulkni 
yana Tengri berdi.G`orat va toroj topgan viloyat tasarrufimizga kirdi". 
Zafaridan mamnun Bobur O`ratepadan onasi va ahli ayolini Samarqandga 
ko`chirib keladi. Oyshabegimdan Faxrunniso ismli qiz ko`radi. Alisher Navoiydan 
maktub oladi. Bobur ham javob maktubi yozadi. O`zining turkiyda yozgan she’rini 
ham jo`natadi. Mullo Binoiy Shayboniy huzuridan Bobur mulozamatiga keladi. 
Quvonchli kunlar uzoqqa cho`zilmaydi.Shayboniyxon yana Samarqandga yurish 
boshlaydi. Bobur Samarqand qo`rg`onini berkitishga majbur bo`ladi. Faxrunniso 
qizi chillasi chiqmay qazo qiladi. 


11 
Qamalning mashaqqatli kunlari boshlandi. U 6 oy davom etdi. Xalk og`ir 
kunlarni boshidan kechirdi: "Elga bisyor tanqislik bo`ldi. Anga yettikim, faqir va 
miskin it etini, eshak etini (it va eshak g`o`shtini) yiya kirishtilar. Otga bo`g`uz

Download 1.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling