Muassasalari agentligi tizimidagi muhammad yusuf nomidagi


BOBUR PORTRET.NOMA`LUM RASSOM


Download 1.79 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/13
Sana14.04.2023
Hajmi1.79 Mb.
#1358119
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
BOBUR QO`LLANMA

BOBUR PORTRET.NOMA`LUM RASSOM 
1507- yil Shayboniyxon Xuroson poytaxti Hirotni ham egallaydi. Shundan 
so`ng Boburning o`z yurtiga umidvorligi yana bir karra susayadi. U temuriylar 
an’anasinio`zgartirib, o`zini Mirzo deb emas, podshoh deb atay boshladi.
"Boburnoma"dan ko`rinadiki, Bobur umrining so`ngigacha ham o`z yurtidan 
ko`nglini uzmagan. Har doim unga qaytish ishtiyoqi va orzusi bilan yashagan. 
Bobur Hindistonda. Bobur o`z rejasini o`zgartirib, Hindistonni zabt etish 
maqsadini ko`ngliga tugdi. Biroq u 1525 yildagina Hindistonni egalladi.Bobur 
1519-1525 (295-932 x) yillar orasida Hindistonga 5 marta yurish qiladi. Beshinchi 
marta, ya`ni 1525 yil Sulton Ibrohim Lo`diydek 100 ming lashkar va mingdan ortiq 
jangovor fillarga ega g`animga qarshi atigi 12000 lashkari bilan qarshi chiqadi.Bu 
juda ulkan mashaqqatlar, ranjlar evaziga erishilgan g`alabaning qimmatini Bobur 
tarixiy ma’lumotlar bilan qiyoslab ko`rsatib beradi. Uning turli tarixiy - ilmiy 
manbalar asosida dalolat berishicha, hazrati paygambarimiz "zamonidin bu 


17 
tarixqacha ul yuz podshohlaridin uch kishi Hindiston viloyati"ni zabt etishga 
muyassar bo`lgan: Sulton Mahmud G`oziy,Sulton Shixobiddin Furiy,Bobur.
Boburdan farqli o`larok, ikkala podshoh ulkan hududli o`z mamlakatiga va biri 200 
mingga, ikkinchisi 120mingga yovuq(yaqin) lashkarga ega edi. Boburning qo`lida 
esa Afgonistonning ayrim viloyatlari va 12 ming lashkar bor edi, xolos. Bu 
tafovutdan Bobur g`alabasining ko`lami va bahosini anglashimiz mumkin. Bobur 
fathini qiyinlashtirgan ikkinchi sabab, ilgari Hindiston tarqoq – ya`ni viloyatlarga 
bo`lingan edi. Bobur zamonida esa ancha mustahkam,nisbatan markazlashgan edi. 
Bobur: “G`arib qavme bila elning ishi tushub edi. Ne biz alarning tillarini bilur edik
ne alar bizning tilimizni”,- deya yozgan edi. Albatta, butunlay yot bir mamlakatni 
zabt etish oson bo`lmagan. 
Bobur Hindistonning har bir qarichini kurashlar evaziga qo`lga kiritgan: "Bir 
Dehli va Ogradin uzga jami’ qo`rg`onliq yerlar qo`rg`onlarini berkitib, itoat va 
inqiyod qilmadilar...O`zga(o`zimizga) va otga oshliq va xas topilmas edi. Yo`llar 
ravon bo`lmaydur edi...Yana ul yil xeyli issiq edi. Xeyli el bodi samumning 
ta’siridin har zamonda yiqilib - yiqilib, o`la kirishtilar”. Bu parchalardan 
mashaqqatlar ko`lamini biroz tasavvur qilish mumkin.


Download 1.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling