Muassasalari agentligi tizimidagi muhammad yusuf nomidagi


Download 1.79 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/13
Sana14.04.2023
Hajmi1.79 Mb.
#1358119
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
BOBUR QO`LLANMA

Kobulga yo`l. 1503 yilda Bobur Xurosonga yo`l oladi. Hech qanday madad 
yo`q edi. Husayn Boyqarodek zabardast temurzoda Shayboniyxonga qarshi hujumga 
o`tmay, o`z hududi himoyasiga kirishadi. Hisorda Xusravshohdan ham hech bir 
yorug`lik chiqmaydi.Shayboniyning esa borgan sari dovrug`i ortib, Xurosonga 
yaqinlashayotgani xabari kelar edi. Bunday beparvolik va sustkashlikdan Bobur 
iztirob chekar edi. Bunday nochor vaziyatda Boburning ota - bobolari yurtini qo`lga 
kiritishdan umidi uzildi: "Sulton Husayn Mirzodek Temurbek o`rniga o`lturgon 
ulug` podshoh g`animning ustiga yurumakni demay, er berkitmakni desa, el va 
ulusqa ne umidvorliq qolg`ay”. 
1503 yil kuzda Bobur Kobul va G`aznani jangsiz qo`lga kiritadi: "... Tengri 
taolo fazl va karami bila Kobul va G`azna mulk va viloyatini bejang-u jidol 
muyassar va musaxxar qildi" "Boburnoma"da Bobur Afgoniston haqida ma’lumot 
beradi. Uning iqlimi borasida so`zlab: "Bisyor latif havosi bor. Kobul havosidek 
havolik yer olamda ma’lum emaskim,bo`lg`ay...",-deydi. Ushbu hududda
yetishtiriladigan mevalar xususida ma’lumot beradi. Vatanidan olubolu niholini 
keltirib ektirgani, mevalar berayotganini eslaydi.Afgoniston 14 viloyatga bo`linishi, 
ular tuman deb atalishini so`zlab, har biriga batafsil tavsif beradi. Ushbu hududlarda 
arab, fors, turk, mo`g`ul, hind, afgon kabi o`n bir - o`n ikki tilda so`zlashuvchi aholi 
qatlamining yashashi haqida xabar beradi.Afgonistondagi ko`p g`aroyib joylar, 
tog`lar, d
aryolar nomlarining (Ko`hi Safid, Lamg`on, Xoja Seyoron, Go`spandliyor) 
etimologiyasi borasida o`z mulohazalarini bildirib, izohlab ketadi. 1508-1509 
yillarda Bog`i Vafoni bunyod etganini yozadi. 
Boburning Kobulda kechirgan dastlabki yillari,ayniqsa, og`ir keldi. 1505 
yilda bir haftalik og`ir xastalikdan so`ng onasi Qutlug`nigorxonim vafot etdi. 1506 
yil-da Boburning o`zi 40 kun og`ir xastalanib yotib qoldi. Bir necha bor bo`lgai 


14 
davomli, vayronkor zilzila va suv toshqinlari mashaqqatli qismatini yanada 
og`irlashtigan edi.Boburning o`zi Afgoniston hududida bo`lsa ham, o`sha yerdan 
Shayboniyxon yurishlarini kuzatib, ularga munosabatini bildirib borar edi. Ayniqsa, 
Xorazm muhosarasi(qamal) tasvirida Chin So`fi(Xorazm hukmdori) ning mardligi, 
jasorati, vatanparvarligiga tahsin aytadi. Unga havas qiladi. Uning mag`lubiyatiga 
ham o`z kishilarining xiyonati sabab bo`lganini fosh qidladi. Bu voqealar bayonini 
o`qir ekanmiz, Bobur yuragidagi ichki bir armon va iztirob tuyg`ularini his qilamiz. 
Chunki Bobur temuriy shahzodalarning birlashib, xuddi shunday mardonalik 
bilan o`z yurtlarini himoya qilishlarini orzu qilgan edi: "Ushbu yil Shayboniyxon 
Chin So`fini Xorazmda o`n oy muxosara (qamal ) qilib oldi,bu muxosarada qalin( 
qattiq, ayovsiz) urushlar bo`ldi. Xorazm yigitlari bisyor mardonaliqdar qildilar...O`n 
oy qabaldorliq torttilar, hech yerdin umidvorliq bo`lmadi. Ba’zi yigit - yalangi 
bedillik qilib, o`zbak bila so`zlashib, o`zbakni qo`rgonga chiqardilar...Chin So`fi 
xabardor bo`lib, o`zi kelib qo`rg`onga chiqqlarni urib tushurur mahalida shiba o`qi
tegib, o`zining chuhrasi keyindin o`q bila urdi, o`ldi. Urushur kishi qolmadi, 
qo`rg`onni oldilar. Rahmat, Chin So`figa”. 
Shayboniyxon Chin So`fini yengib, Xorazmni egallagandan so`ng Xuroson 
sari yo`l oldi. Unga qarshi Husayn Boyqaro hujum rejasini tuzadi. Barcha temuriy 
shahzodalarning boshini birlashtiradi. Boburni ham taklif qiladi.Bobur bu taklifni 
"Shayboniyxondek g`animning ustiga azim bo`lg`onda, el oyoq bila borg`onda,biz 
bosh bila borg`aymiz, el tayoq bila borg`onda, biz tosh bila borg`aymiz",- deya 
mamnuniyat bilan qabul qiladi.Afsuski, bu reja amalga oshmay qoladi. 1506 yilning 
mayida "Sulton Husayn Mirzo cherik tortib Bobo Ilohiyga(joy nomi) yetganda" 
vafot etadi. 1506 yilning kuzida yana barcha shahzodalar Murg`obda yig`ilib, 
Shayboniyga qarshi yurish rejasini tuzishadi. Muzokaralardan so`ng yurish bahorga 
qoldiriladi. Shu muddatda Bobur 20 kuncha Hirotda bo`ladi. Navoiy yashagan uyda 
istiqomat qiladi. Ko`rish orzusida yurgan shaharni tomosha qiladi. Muhtasham 
obidalar bilan tanishadi. Bog`i Safidda, Bog`i Jahonoroda bo`ladi. Hirot safari unga 
katta xursandchilik va faxr tuyrusini bag`ishlaydi.Dekabr oxirlarida Bobur Hirotdan 
Kobulga qaytadi.Qish fasli bo`lgani uchun Kobul tog`laridan oshib o`tishda ko`p 


15 
mashaqqatlar chekadi. "Har qadam qo`yg`onida beligacha, ko`ksigacha bota - bota 
qor tepib yo`l ochib oldinga yurish”ganini hikoya qiladi. Shunday og`ir mashaqqatli 
yo`lni bosib Kobulga yetganda, Bobur xiyonatning ustidan chiqadi. Xiyonatchilar 
Husayn Boyqaro o`g`illari Boburni Ixtiyoriddin qal’asida hibsga olgan, deya 
bo`hton tarqatib, jiyani Mirzoxonni podshoh ko`taradilar. Bobur jasorati va 
mardonaligi tufayli Kobulni qaytarib oladi. Jiyani Mirzoxonni qattiq jazolamaydi. 
Ammo zamon nosozliklari va zamondoshlari xiyonatidan yana bir bor ranjiydi. 
Ozurda ko`ngil iztiroblarini shu kunlarda yozilgan quyidagi matla’ bilan 
boshlanuvchi gazalda sharhlaydiki, undan Boburning ruhiy tug`yonlarini anglash 
mushkul emas: 
Mening ko`nglimki gulning g`unchasidek tah-batah qondur, 
Agar yuz ming bahor o`lsa, ochilmog`i ne imkondur. 


16 

Download 1.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling