Muassasalari agentligi tizimidagi muhammad yusuf nomidagi


Murakkab va ziddiyatlarga to`la hayot yo`li


Download 1.79 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/13
Sana14.04.2023
Hajmi1.79 Mb.
#1358119
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
BOBUR QO`LLANMA

Murakkab va ziddiyatlarga to`la hayot yo`li
 
Charxning men ko`rmagan jabr-u jafosi qoldimu? 
Zahiriddin Muhammad Bobur 
Bobur 1483 yil 14 fevralda Andijonda Fargona viloyati hokimi Umarshayx 
Mirzo xonadonida tavallud topdi.U Amir Temurga beshinchi (Umarshayx Mirzo - 
Abu Said Mirzo - Sulton Muhammad Mirzo - Mironshoh – Amir Temur) avlod 
edi. Onasi Qutlug`nigorxonim tomonidan esa o`n ikkinchi avlod bilan 
Chingizxonga tutashgan. Bobur Umarshayx Mirzoning uch o`g`li bo`lib, Bobur
to`ng`ich o`g`il edi (Bobur, Jahongir Mirzo, Nosir Mirzo).Umarshayx Mirzo 1494 
yil 9 iyunda poytaxt shahar Axsi qo`rgonidan jarga qulab halok bo`ladi. Bu 
fojiadan so`ng, temuriylar an’anasiga binoan valiahd Bobur podshoh bo`ladi. 
Uning shoh asari "Boburnoma" xuddi ana shu xabar bilan boshlanadi: "Tangri 
taoloning inoyati bilan ... seshanba kuni ramazon oyining beshida tarix sakkiz yuz 
to`qson to`qquzda (1494 y.) Fargona viloyatida o`n ikki yoshta podshoh 
bo`ldim".12 yoshli Bobur otasining sodiq beklari Shayx Mazidbek, Boboquli 



Boboalibek, Qosim Qavchinlar yordamida hokimiyatni boshqarishga kirishadi. 
Samarqand buyuk Temurxon davlatining poytaxti edi.Shuning uchun har bir 
temurzodaga uni egallash eng katta orzu bo`lgan. Jumladan, Bobur hayotini ostin - 
ustun qilib yuborgan ko`p jang-u jadallar ham Samarqand bilan bog`liq. 1495 yilda 
Samarqand Sulton Ali qo`lida edi. Ammo akalari Sulton Mas’ud va Boysung`ur 
Mirzolar ham Samarqand uchun kurash boshlaydilar. Amakivachchalaridan 
ilhomlangan Bobur ham bu kurash girdobiga qo`shiladi. Bir muddat Samarqandni 
qamal qiladi. Ammo do`stlik va sulh taklifi bilan chiqqan Sulton Alining so`zini 
qabul qiladi va ortga qaytadi. 
BOBUR MIRZO PORTRETI 
MUALLIFI NOMA`LUM. 
1605 YIL 




Download 1.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling