Muassasalari agentligi tizimidagi muhammad yusuf nomidagi
Download 1.79 Mb. Pdf ko'rish
|
BOBUR QO`LLANMA
PREZIDENT SH. M. MIRZIYOYEV 22 BOBUR MIRZO UY MUZEYIDA ZOKIRJON MASHRABOV BILAN Hayotining so`nggi yillari. Bobur hayotining so`nggi yillari Hindistonda kechdi. U Hindiston kelajagi va ravnaqi yo`lida katta xizmat qildi. Uning bu xizmatlarini qadrlagan hind xalqi uni o`z farzandlari qatorida aziz bilishadi. Rajiv Gandi so`zlarida ana shu yaqinlikning ifodasini ko`ramiz: "Farg`onalik mard, nozikdid Bobur Gang tekisliklarimizgacha yetib kelgan, buyuk mo`g`ullar sulolasi atalgan saltanatimizga asos solib, o`zini hind deb bilgan edi”.Bobur Hindistondagi tarqoq viloyatlarni markazlashtirdi. Davlat ishlarini adolat bilan boshqardi. G`ayridinlik solig`ni bekor qildi. Vafot etgan erni tirik xotin bilan kuydirishni man etdi. Kiyinish madaniyatini takomillashtirdi. Adabiy muhit tashkil etdi. Ijodkor va ilm ahliga rahnamolik qildi. Hindistonda so`lim bog`lar barpo qildi. O`z Vatanidan uzum va qovun urug`larini oldirib, ektirdi. Hindiston elining o`ziga xos urf - udumlariga, qadriyatlariga hurmat bilan qaradi. Yutuqlarini o`rganib, keng tatbiq qildi. Kamchiliklarni bartaraf etdi. Ulkani madaniy va so`lim go`shaga aylantirdi. Ammo Bobur 1526 yil dekabrda dushmanlari tomonidan zaharlandi. Tasodif tufayli omon qoldi. Rano Sango boshliq hind va afgon zamindorlarining katta qo`shini bilan mardona kurashdi. Unga g`alaba muyassar bo`ldi. Xiyonatlar, tinimsiz kurashlar,mashqqat va xavotirga, tahlikaga to`la hayot, zaharlanish asorati borgan sari Boburning sog`ligini yemiradi. Bir oyga yaqin isitma, uyqusizlik, holsizlik azob beradi. Shu o`rtada katta o`g`li , valiahd shahzoda Humoyun Mirzo og`ir xastalikka chalinadi. Mashhur tabiblarning muolajalari ham yordam bermaydi. Dori – darmonlar kor qilmaydi.Shahzoda kundan- kun so`lib boradi. Shunda tabiblar Humoyunning eng yaxshi ko`rgan narsasini sadaqa qilishni tavsiya qilishadi. Shunda Bobur "Men o`zum tasadduq bo`layin, Xudo qabul qilsun”, — deya iltijo qiladi. "Ushal holatda kirib, uch qatla boshidan o`rgulub, dedimkim, men ko`tardim har ne darding bor. O`shal zamon men og`ir bo`ldum, ul yengil bo`ldi. Ul sihat bo`lub qo`pti. Men noxush bo`lub yiqildim". Bobur 1530 yil 23 26 dekabrda Agrada vafot etdi. Keyin uning vasiyatiga ko`ra xoki Kobulga ko`chirildi. Zahiriddin Muhammad Bobur ana shunday jasoratga to`la hayot yo`lini bosib o`tdi. Hech qachon vijdoniga xiyonat qilmadi. Razilliklar, taxt o`yinlari, tahlikalar, xiyonatlar uning irodasini sindira olmadi.Hayoti so`nggida ham fidoyilikning yuksak namunasini ko`rsatdi – o`z farzandi arjumandi uchun hech ikkilanmay aziz jonini nisor qildi.Bobur Mirzo odil shoh, ilmparvar hukmdor, nozikta`b shoir, nuktadon nosir, zukko tarixchi, oilasi , farzandlari uchun g`amxo`r ota, millati va vatani nomini abadiyatga muhrlagan, buyuk sulola asoschisi sifatida, biz, vatandoshlariga hamisha o`rnakdir. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling