Muassasalari agentligi tizimidagi muhammad yusuf nomidagi
Download 1.79 Mb. Pdf ko'rish
|
BOBUR QO`LLANMA
- Bu sahifa navigatsiya:
- YUKSAK EHTIROM
1 IXTISOSLASHTIRILGAN TA`LIM MUASSASALARI AGENTLIGI TIZIMIDAGI MUHAMMAD YUSUF NOMIDAGI IJOD MAKTABI MENI SHOH DESALAR ISHONMA , YURTIM… 2 Tuzuvchi: Ixtisoslashtirilgan ta`lim muassasalari agentligi tizimidagi Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabining oliy toifali ona tili va adabiyoti fani o`qituvchisi Dilfuzaxon O`rmonova Taqrizchi: Zahiriddin Muhammad Bobur nomli Andijon davlat universiteti O`zbek adabiyoti kafedrasi katta o`qituvchisi, dotsent, PhD Z. Mamajonov Tarixda tub burilish yasagan, Temuriylar dong`ini dunyoga taratgan,mohir sarkarda, “Buyuk mo`g``ullar imperiyasi”ga asos solgan, XVI asr adabiyotining yorqin namoyondasi,”Boburnoma”asari bilan turkiy nasrni rivojlanish choqqisiga olib chiqqan, ilmiy asarlarga qo`l urgan mutaffakirona salohiyat egasi, tarixchi, mutarjim, hazin va hayotbaxsh ash`orlar muallifi, jasorat va mardlik, fidokorlik ramzi sifatida nomi abadiyatga muhrlangan Zahiriddin Muhammad Boburning hayot yo`li biz uchun ibrat maktabidir. Ushbu qo`llanmada Boburning hayot yo`li, shajarasi, bobomiz haqida yozilgan o`tli satrlar va shoirning eng sara ruboiylari, g`azallaridan namunalar bilan tanishishingiz mumkin. Ijod maktabi o`quvchilari va Boburmirzo ijodi muxlislariga tavsiya etiladi. Ushbu uslubiy qo`llanma Ixtisoslashtirilgan ta`lim muassasalari agentligi tizimidagi Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabining 9.09.2022 yildagi navbatdan tashqari yig`ilishining № 2-sonli qarori bilan chop etishga tavsiya etilgan 3 YUKSAK EHTIROM Bobur Mirzo bizning bobomiz, bizning qonimiz, bizning bolalarimizga g`urur bilan aytadigan buyuk ajdodimizdir. U Andijonda tug`ildi, Andijonda kamol topdi. Mana shunday ajdodlarimiz borligi, mana shular Andijon farzandi ekanligini hech qaysimiz, hech qachon unutmasligimiz kerak. O`zligimizni anglashni shundan boshlashimiz lozim. Shavkat Mirziyoyev O`zbekiston Respublikasi Prezidenti boshchiligida yurtimizning juda ko`p sohalari, jumladan ta`lim sohasida olamshumul islohotlar amalga oshirilmoqda. Mamlakat yoshlarini har tomonlama yetuk va barkamol, intellektual salohiyatli, mustaqil fikrlaydigan, o`z qat`iy pozitsiyasiga ega, yurtda amalga oshirilayotgan islohotlarga befarq bo`lmagan, yurtning ertangi munosib kelajagi uchun daxldorlikka tayyor, maqsadga intiluvchan, serg`ayrat, vatanparvar, sadoqatli, komil shaxslar sifatida tarbiyalash O`zbekistonni dunyoning eng rivojlangan davlatlari safidan o`rin olishining muhim omilidir. Ulug` ajdodlarimiz hayot yo`lini , ular qoldirgan buyuk merosni o`rganish, ularga munosib adlod bo`lishga harakat qilish tuyg`usini shaklllantirish bugungi ta`limning eng dolzarb masalalaridan biridir. Tarixda tub burilish yasagan, Temuriylar dong`ini dunyoga taratgan,mohir sarkarda, “Buyuk mo`g``ullar imperiyasi”ga asos solgan, XVI asradbiyotining yorqin namoyondasi,”Boburnoma”asari bilan turkiy nasrini rivojlanish choqqisiga olib chiqqan, ilmiy asarlarga qo`l urgan mutaffakirona salohiyat egasi, tarixchi, mutarjim, hazin va hayotbaxsh ash`orlar muallifi, jasorat va mardlik, fidokorlik ramzi 4 sifatida nomi abadiyatga muhrlangan Zahiriddin Muhammad Boburning hayot yo`li biz uchun ibrat maktabidir. Bu buyuk bobomiz hayot yo`li va ijodini o`rfanish har o`zbekning, xususan, unga vatandosh bo`lgan har bir Andijon farzandining burchidir. Shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Boburning hayot yo`li, Bobur Mirzo asarlarining xorijda o`rganilishi haqidagi ma`lumotlar, ijodining eng sara namunalari, bobomizga ba`ishlangan she`rlar, Bobur tavalludiga ba`ishlab o`tkaziladigan bayram tadbirlari uchun senariy va shoir hayotiga oid qiziqarli fotosuratlardan namunalarni ushbu to`plamda jamladik. Shoir ijodini ummonga qiyoslasak, bu to`plam dengizdan tomchi bo`lishi tabiiy. To`plamni Bobur Mirzoning rango- rang tuyg`ular jilva etgan ijod olamiga yo`l ochuvchi debocha deb bilgaysiz. Bobur ijodining ixlosmandlariga ajoyib tuhfa bo`lishidan umidvormiz. Dilfuzaxon O`rmonova Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabining oliy toifali ona tili va adabiyoti fani o`qituvchisi 5 ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR (1483- 1530) Download 1.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling