Muassasalari agentligi tizimidagi muhammad yusuf nomidagi


ANDIJONDA “BOG`I BOBUR”DAGI SHOIR


Download 1.79 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/13
Sana14.04.2023
Hajmi1.79 Mb.
#1358119
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
BOBUR QO`LLANMA

ANDIJONDA “BOG`I BOBUR”DAGI SHOIR 
HAYKALI
 
 


25 

BOBURNING ADABIY MEROSI 


Har vaqtki ko`rgaysen mening so`zimni, 
So`zimni o`qib anglagaysan o`zimni. 
Zahiriddin Muhammad Bobur 
Boburning lirik merosi “Qobul devoni” (1519)ga, 1528-29 yillarda “Hind 
devoni” ga jamlangan. To‘liq devon tuzgani haqida ma’lumot bor. She’rlarining 
umumiy hajmi 400 dan ortadi. Shundan 119 g‘azal, 231 ruboiy va tuyuq, qit’a, 
fard, masnaviy kabi janrlarda asarlar yaratgan. She’rlarini mavzu jihatidan 
oshiqona, ta’limiy, tasavvufiy, hasbi hol kabi turlarga ajratish mumkin. Bobur 
she’riyati intellektual qalb izhori sifatida arqoqlidir. Uning asarlari samimiy, ravon, 
usluban tugal va mushakkaldir. Bobur ruboiy janrini turk adabiyotida yuksaklikka 
olib chiqqan shoirdir. 
Boburning mashhur asari “Boburnoma” bo‘lib, uni “Vaqoye” deb ham 
nomlaydilar. Buyuk memorial asarda 1494-1529 yillari Markaziy va Kichik 
Osiyoda, Yaqin va O‘rta sharq mamlakatlarida kechgan voqealar bayon etilgan. 
“Boburnoma”ning o‘ndan ortiq qo‘lyozma nusxalari bor. Asarni Qozonda N.I. 
Ilminskiy (1857), Londonda Beverij xonim nashr (1905) etgan. O‘zbekistonda 
dastlab professor Fitrat 1928 yilda asardan parchalar e’lon qildi. “Boburnoma”ning 
1948-1949 yillarda ikki jildli; 1960, 1989 yillarda tuzatilgan, 2002 yilda va keyingi 
yillarda to‘ldirilgan qayta nashrlari amalga oshirildi. “Bobirnoma”asosida qator 
badiiy asarlar ham yaratilgan. Flora Anna Stilning “Boburxon” (Parij, 1940), 
Fernard Grenardning “Bobur” (Parij, 1930), Harold Lembning “Bobur-yo‘lbars” 
(Nyu-York, 1961) romanlari, Vambek Gaskonining “Bobur va uning avlodlari yoki 
Buyuk mo‘g‘ullar” (Nyu-York, 1980) esse-romanlari shular jumlasidandir. 


26 
Hindistonlik Muni La’l boburiylar tarixiga asoslanib 6 ta roman yozgan. O‘zbek 
adabiyotida Oybek, P.Qodirov, B.Boyqobilov, X.Sultonov Boburga bag‘ishlab 
roman, qissa va dostonlar yaratdilar.Xurshid Davron buyuk vatandoshimizga 
bag‘ishlangan “Samarqand xayoli” qissasini va ”Bobur sog‘inchi” pyesasini 
yozgan.Qissa 1991 yilda nashr etilgan. 1997 yilda yozilgan ”Bobur sog‘inchi” 
pyesasi Muqumiy nomidagi teatrida sahnalashtirildi (2003 yil).Ushbu asarlarni
mutolaa qilishingiz Bobur Mirzo hayoti vaijodi haqida atroflicha va teranroq 
tasavvurga ega bo`lishingizga yordam beradi. 
BOBUR HAQIDA SHE`RLAR
BOBUR
Otlar elar shiddatdan terlab, 
Yangrar xatar to‘la taqalar, 
Hurkib ko‘kka sapchir, patirlab, 
Tun uyqusi — qora qarg‘alar. 
Otlar elar, 
Tillarang xazon 
Suvoriylar uzra sochilar, 
Elas-elas yangraydi azon — 
Tog‘lar uzra osmon ochilar. 
Otlar elar og‘zi ko‘pirib, 
Uyg‘otgancha mudroq yo‘llarni, 


27 
Go‘yo to‘gon bandin o‘pirib, 
Toshqin quvib kelar ularni. 
“Zahiriddin,qayga borursan, 
Bobong yurtin,taxtini tashlab?! 
Qora taqdir seni qul kabi 
Qayonlarga ketmoqda boshlab?! 
Zahiriddin, bu qanday savdo, 
Qora hijrat sari yuz tutmoq? 
Yuragingni etar-ku ado, 
Tirik turib,Vatandan ketmoq?! 
Zahiriddin,ortga bir qara, 
Ortga boq,ey,sheri sargardon, 
Axir,keyin tushlaringda ham, 
Bu tuproqni ko‘rmog‘ing gumon”. 
Ot pishqirib to‘xtar, chavandoz 
Uzangiga tirar oyogin 
Va bo‘g‘ziga to‘plar beovoz 
Vujudiga to‘lgan ingrogin. 
Alam bilan yuragi urar
Shivirlaydi titroq lablari: 
“Hamma yerdan ko‘rinib turar
Samarqandning minoralari!” 
Xurshid Davron 


28 
* * * 
Andijon elimning bir o`g`loni bor, 
Ko`ksining qatida she`r tug`yoni bor. 
Ash`orin muxlisi bunda koni bor, 
Qayta Boburshohlar tug`ilarmikan? 
Falakdan tun ketib tong yorishmadi, 
Ovozim sozimga ne qorishmadi. 
Kulgim ko`z yoshimdan hech qorishmadi 
Qayta Boburshohlar tug`ilarmikan? 
Shoir Hind yeridan makon topsa-yu 
Hamroh- chun do`st emas, tikon topsa-yu. 
Movarounnahr deya ko`ngli chopsa-yu 
Qayta Boburshohlar tug`ilarmikan?
Ulkan Hind tuprog`i. Zabardast shohim, 
Qovun eltganda qon yig`lagan chog`i 
Netay, bo`g`zimdadir bul achchiq ohim 
Qayta Boburshohlar tug`ilarmikan?
Olislarga uchar hayol damo-dam 
Ham shoir, ham shohlik bir yurakda jam. 
Shul dam hayqirurmen, ey amirzodam 
Qayta Boburshohlar tug`ilarmikan?
Ra`noxon Yo`lchiboyeva
“Shuxrat” medali sovrindori 


29 
* * * 
Toj emas – boshimda turgan og`ir tosh. 
Taxt emas – jismimga yaslgan qafas. 
Ammo yuragimda o`zga bir otash: 
Go`zal ash`orlar deb olaman nafas. 
Ruhni toliqtirar qirg`in, barotlar, 
Shamoldek tentidim topmasdan qo`nim.
Sadoqatli do`st-u yor bo`ldi otlar, 
Ular sag`risida tug`ildi Kunim. 
Quvontirdi na taxt, na ishq, na sharob, 
Na ilkimga kirgan shahr-u siym-u zar. 
Yurtdosh ko`zidagi mungli Iztirob, 
Ko`nglim anorini beshafqat ezar. 
Hind sori yuzlandim, lekin qalb hamon 
Bobirdek talpinar Andijon tomon. 
Ismoil To`lakov

Download 1.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling