Muassasalari agentligi tizimidagi muhammad yusuf nomidagi


Download 1.79 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/13
Sana14.04.2023
Hajmi1.79 Mb.
#1358119
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Bog'liq
BOBUR QO`LLANMA

 
 
 
 
 
 


18 
BOBUR VA HUMOYUN 
Muallifi noma`lum.1650 yil 


19 
"Boburnoma”da Hind elining o`z mustaqqilligini qattiq turib himoya qilganini 
ko`rsatuvchi chizgilar ham uchraydi. Bobur ba’zi hududlarni oson qo`lga kiritgan 
bo`lsa, ayrim joylarni katta talafotlar, mashaqqatli janglar evaziga olgan. Bobur 
"Boburnoma"da Hindistonning taraqqiyot darajasi, miqyosi haqida ham batafsil 
ma’lumot beradi: "...yaxshi ot yo`q, va yaxshi it yo`q va uzum va qovun va yaxshi 
mevalar yo`q, va yax yo`q va sovuq suv yo`q va bozorlarida yaxshi osh va yaxshi 
non yo`q va hammom yo`q va madrasa yo`q va sha’m yo`q va mash’al yo`q, 
sham’don yo`q. Bog`va imoratida oqar suvlar yo`q. Va imoratlarida safo va havo va 
siyoq va andom yo`q. Raiyat rezapoy(yalangoyoq) ,eli tamom yalang`och 
yuruydurlar. Lunkutadek bir nima bog`laydurlar". Boburning Hindiston to`g`risidagi 
chizgilarini o`qib,uning u yerda amalga oshirgan obodonchilik ishlarining ko`lami 
va ahamiyatini tasavvur qilish mumkin. Bobur Hindistonga rivojlangan sharqona 
madaniyatni olib kirganini kuramiz. Hindistonning yuksalishi, madaniyatining
taraqqiy etishida Bobur va boburiylarning o`rni beqiyos. Bobur Hindistonga dastlab 
kirib borganda, uning suvlarsiz, bog`larsiz, tarovatsiz, sahrovash bir o`lkaligidan 
dilgir bo`ladi: "Andok besafo va xarob yerlar edikim, yuz karohat va noxushluk bila 
andin ubur ettuk".Ko`p o`tmay u yerni ham o`z ona Vatani kabi sayilgoh, so`lim 
go`shaga aylantirganini faxr bilan qalamga oladi. Hovuzlar, bog`lar, hashamatli 
imoratlar barpo etgani haqida ma’lumot beradi. Hammom qurdirganini so`zlaydi: 
"Ul ulug`chohkim, hammom suvi andindur, bunyod bo`ldi. Yana bu parcha yerkim, 
ambuli daraxtlari va musamman havz andadur, bulardin so`ng ulug havz va sahne 
bo`ldi. Andin so`ng tosh imorat olidag`i havz va tolor bo`ldi. Andin so`ng 
"Xilvatxona" bog`chasi va uylari bo`ldi. Andin so`ng hammom bo`ldi. Mundoq 
besafo va besiyq Hindta tavr tarrohliklar va siyoqliq, bog`chalar paydo bo`ldi. Har 
go`shada maqbul chamanlar, har chamanda muvajjax gul,nastaranlar murattab va 
mukammal bo`ldi”. 
Bobur Hindistonda hirfagar - hunarmandlarning ko`pligi va hunarlarning 
qadimligidan mamnun bo`ladi. Hindistonni bog`-u bo`stonga aylantirishda
muhtasham shaharlar bunyod etishda hind xalqining hunarmand-u mehnatkashligi 
qo`l kelganini e’tirof etadi. O`zining bunyodkorlik ishlarini bobokaloni Temurning


20 
faoliyati bilan qiyoslab,uning miqyosi, qimmatini baholaydi. Amir Temur davri 
haqida ma`lumot beruvchi Sharafuddin Ali Yazdiyning "Zafarnoma” asari 
ma’lumotlariga ko`ra,Temurning "Masjidi sangin" imoratini qurishda 200 kishi 
ishlagan bo`lsa, Bobur e’tiroficha, u bunyod etgan inshootlarda Agrada 680, boshqa
hududlarda 1491 kishi mehnat qilgan. Bobur Hindistonning o`ziga xosliklari, 
hayratlanarli jihatlari haqida ham so`zlaydi. Uning ulkan hududga ega bo`lib, yetti 
xonlikdan iboratligi, boyliklari bisyorligi, kuz havosining yoqimli bo`lishi haqida 
ma’lumotlar beradi. Bobur hind elining ilg`or odatlari, o`ziga xos urf - udumlar 
to`grisida ham xabar beradi. Yil fasllari, kalendar, vaqt va og`irlik o`lchovining
qiziqarli, farqli tomonlari, Hindistonning o`ziga xos olami, Movarounnahr va 
Xurosondan farqli tabiati, boyliklari, daryolari, tog`lari, hayvonot va nabotot 
dunyosini mukammal tavsiflaydi. 
Bobur Hindistonda mustahkam bir davlatni maydonga keltirdi. U davlatni 
tashkil etish va boshqarishda Temur tajribalaridan mohirona foydalandi. Ovrupoda 
"Buyuk mo`g`ullar imperiyasi" nomi bilan shuhrat topgan boburiylar sulolasi XIX 
asr o`rtalarigacha, ya`ni inglizlar istilosiga qadar Hindistonda davlatni boshqardilar. 


21 

Download 1.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling