Muassasalari agentligi tizimidagi muhammad yusuf nomidagi
BOBURNING 12 YOSHIDA TAXTGA
Download 1.79 Mb. Pdf ko'rish
|
BOBUR QO`LLANMA
BOBURNING 12 YOSHIDA TAXTGA
O`TIRISHI. MINIATURA.XVI ASR 12 (yemish)kamyob bo`ldi. Daraxtlarning bargini otka berurlar edi... ba’zi quruq yig`ochlarni randa qilib, taroshasini suvg`a ibitib otg`a berurlar edi".Bobur har tarafga elchilar yuborib ko`mak so`raydi. Lekin hech kimdan madad kelmaydi. Bobur ayniqsa, Husayn Boyqarodan ranjiydi. U Boburga qayishish o`rniga Shayboniyga elchi yuboradi.Qamal uzoqqa cho`ziladi. Shayboniyxon sulh taklif qiladi.Boburning boshqa chorasi yo`q edi. Taklifni qabul qilishga majbur bo`ladi. Tunda o`z yaqinlari bilan Samarqandni tark etadi. Bobur "Mening egachim Xonzodabegim ushbu chiqqonda Shayboniyxonning iligiga tushti"deb, afsus bilan xotirlaydi. Samarqanddan chiqqan Bobur Jizzax, O`ratepa, Dahkat atroflarida sargardonlikda qoladi. Toshkentga bobosi Yunusxon huzuriga madad izlab boradi. Ular yaxshi mehmon qilishadi. Ko`p va’da ham berishadi, ammo vafo qilishmaydi. Amalda hech kanday yordam berishmaydi.Pskent, Shoxruhiya atroflarida Shayboniyxon bilan qisqa to`qnashuvlar bo`ladi.1502 yilda Ahmad Tanbalning Toshkentga hujumga tayyorlanayotgani xabari keladi. Buni eshitib, Boburning tog`alari - Sulton Mahmudxon va Sulton Ahmadxon Andijonga yurish boshlashadi. Bobur ham ularga qo`shiladi. Bu jangda Bobur katta jasorat ko`rsatadi. "Boburnoma"da uning mahoratli sarkarda ekanligini ko`rsatuvchi jonli manzaralar, mardona janglar tasvirini ko`ramiz. U O`shni qo`lga kiritadi. O`zgan va Marg`ilon xalki xayrixohlik bilan Boburni chorlashadi. Raboti Ro`zaqda qattiq jang bo`ladi. Tunda gaflatda bostirib kelgan Tanbal lashkarining qo`li baland keladi. Shu jangda Bobur boshi va oyog`dan yaralanadi. Tanbal bilan yuzma - yuz to`qnashib jang qiladi. Nihoyat, Bobur va uning tarafdor xonlari g`olib keladi. Ahmad Tanbal qochadi. U Shayboniyga birlashish uchun odam yuboradi.Andijon qaytib olindi. Ammo tog`alari Boburga viloyat berishmadi. Jon chekib qo`lga kiritgan hududlarini ham unga taklif qilishmadi. Bundan Bobur qattiq ranjiydi.U "Boburnoma"da 1502 yil voqealari haqida hikoya qilar ekan, ilk bor bosh olib ketmoq fikriga keladi: "Dedimkim, mundoq, dushvorlik bila tirilguncha, bosh olib ketsam yaxshi. Bu nav’ xorliq va zorliq bila el bilguncha,oyog`im etgancha ketsam yaxshi’’.Shayboniyxon 13 katta qo`shin bilan Andijon sari yo`lga tushganini eshitib, Sulton Mahmudxon va Sulton Ahmadxon lar orqaga qaytishadi. Shu kunlarda Axsida 100 tacha navkari bilan qolgan Boburga qarshi Ahmad Tanbal bir necha ming yigiti bilan jang boshlaydi. Tengsiz to`qdashuvda Bobur yengiladi. U ikki kecha-kunduz dushman ta’qibidan qochib qutuladi, omon qoladi. Download 1.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling