Muassasasini (ta’lim muassasalari tizimini) tashkiliy boshqarishni
Download 89.99 Kb. Pdf ko'rish
|
4-mavzu. O’quv-tarbiya jarayonini axborot-metodik ta’minotini va ta’lim muassasasini (ta’lim muassasalari tizimini) tashkiliy boshqarishni avtomatlashtirish
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4. «Kirill va Mefodiy virtual maktabi» («Kirill i Mefodiy firmasi»).
- 5. «Xronobus» kompaniyasining «Maktab portfeli» dasturiy majmuasi.
www.netschool.roos.ru
Internet saytidan ko’rib turish mumkin. 3. «Maktab ofisi» majmuai. Bu majmua maktab boshqarishini avtomatlashtirish uchun dasturiy ta’minot va turli-tuman modullar qo’shgan holda maktabning yagona ma’lumotlar omborini yaratish, shuningdek direktor, o’quv bo’limining mudiri, kotiba, sinf rahbari va maktabning boshqa hodimlarini ish o’rinlarini avtomatlashtirishga imkoniyat beradigan yagona dasturiy-axborotli platformadan iborat. Tarmoq adminstratori umumiy ma’lumotlar omborini yaratadi, ularga o’qituvchilarni, ota-onalarni, kutubxonachilarni lokal yoki global tarmoq orqali nazorat qiladi. 4. «Kirill va Mefodiy virtual maktabi» («Kirill i Mefodiy firmasi»). Bu dasturiy mahsulot ikki asosiy: 1) o’rta umumiy ta’lim maktablarining o’quv rejasiga mos predmetlar bo’yicha multimedialik darslar va o’quv qo’llanmalarni, interfaol lug’atlar, entsiklopediyalarni, «Kirill va Mefodiy virtual maktabi»ning mediatekasini, kurslar va mavzular konsturktorini aa boshqalarni o’ziga olgan o’quv; 2) o’qituvchi va maktab rahbarining ishlarini (maktab o’quvchilari, o’qituvchilari, o’rganilayotgan predmetlar haqidagi, o’quvchilarning oraliq va yakuniy baholarini to’plash va saqlash) axborotli qo’llab-quvvatlashni ta’minlaydigan administrativ kabi bloklardan iborat. 5. «Xronobus» kompaniyasining «Maktab portfeli» dasturiy majmuasi. O’quv yurtlarining boshqaruv faoliyatlarini avtomatlashtirish uchun dasturiy ta’minotni taqdim etadi. Dasturiy majmua uchta: «XronoGraf 2.0 Plyus - o’quv yurtining mashg’ulotlar jadvali muharriri»; «1S: XronoGraf - tarifikatsiyalash»; «ParaGraf M - XXI o’quv muassasasi» kabi paketlardan tashkil topgan. Majmua dasturlarida zamonaviy texnologiyalar qo’llanilgan. Masalan, SQL so’rovlar tizimdan bir onda zarur ma’lumotlarni chiqarish va ularni tanlash, tezlikda ta’lim muassasastning faoliyati bo’yicha hisobot shakllantirish imkoniyatini beradi. Uchchala paketlar o’zaro ma’lumot almashinishi mumkin. OLE texnologiyasi asosida standart Microsoft Office ofis ilovalari bilan, ma’lumotlarni bu ilovalarga eksport qilish va ulardan «ParaGraf M - XXI o’quv muassasasi» majmasiga import qilishni ta’minlaydigan aloqa o’rnatiladi. Majmua: «Administratsiya» (o’quv yurtining ma’lumotlar ombori bilan ishlash tashkil etilgan axborot-izlash tizimi); «So’rov va hisobot konstruktori»; «O’zlashtirish»; «Ma’lumotlar dispetcheri» (arxivlash, ma’lumotlar omborini profilaktikasi, arxivlarni eksport qilish, lokal tarmoqda ma’lumotlar omboriga kirishni to’g’rilash xizmat dasturi); «Foydalanuvchilar dispetcheri» (foydalanuvchilarni ro’yxatga olish va ularga dastur va ma’lumotlarga kirish huquqini berish uchun xizmat dasturi); «Yil o’tkazishi» (joriy o’quv yil ma’lumotlarini yangi o’quv yiliga ko’chirish uchun xizmat dasturi) kabi dasturlarni o’ziga oladi. «XronoGraf» paketi haqida to’liq ma’lumotni www.chronobus.ru saytdan olish mumkin. O’quv yurtini avtomatlashtirish bo’yicha xorijiy mamlakatlar, jumladan, Evropada keng tarqalgan tajribasi dasturiy mahsulotlari qatoriga quyidagilarni kiriish mumkin: Download 89.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling