Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti aktsim fakulteti


Soliqlarni rejalashtirishni qo‘llash sohasi


Download 33.12 Kb.
bet5/9
Sana30.04.2023
Hajmi33.12 Kb.
#1410238
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1-Biznesda-moliyaviy-menejment

Soliqlarni rejalashtirishni qo‘llash sohasi
Bunda quyidagilarni ajratish mumkin:
• shaxsiy soliqlarni rejalashtirish;
• firma soliqlarini rejalashtirish;
• firmalararo soliqlarni rejalashtirish (konsolidatsiyalangan soliq to‘lovchi (kompaniya, konsern, xolding va h.k.) doirasida;
• xalqaro soliqlarni rejalashtirish.
Shaxsiy soliq yukini rejalashtirish, asosan, jismoniy shaxslar uchun daromad, dividendlar, mol-mulk, yer soliqlari va ular bo‘yicha soliq imtiyozlarida namoyon bo‘ladi. Firma soliqlarini rejalashtirish umumbelgilangan soliqlar, ishlovchilar soni va soliq imtiyozlariga bog‘liq holdagi soddalashtirishgan soliq solish tizimini qamrab oladi. Firmalararo soliq yukini rejalashtirish daromadni tarkibiy bo‘linmalar yoki kontragent-korxonalar o‘rtasida taqsimlash afzalliklariga asoslanadi, ular bir-biriga turli chegirmalar va transfert narxlar ko‘rinishida eng katta foydani beradi. Xalqaro soliqlarni rejalashtirish mahalliy soliq qonunchiligida qo‘llab bo‘lmaydigan turli soliqlarni boshqarish mexanizmlari va vositalaridan xalqaro shartnomalar va kelishuvlar doirasida foydalanish imkonini beradi.
Soliqlarni rejalashtirish tamoyillari
Korxonalarda soliqlarni rejalashtirish quyidagi tamoyillarga asoslanishi kerak:
• navbatdagi yildagi soliq-byudjet siyosati doirasida soliqqa tortish shartlari o‘zgarganda, yangi soliq solish shartlari joriy etilishiga bog‘liq tavakkalchiliklarni baholash orqali boshqaruv qarorlarini qabul qilishda tezkorlikni ta'minlash;
• soliq to‘lovlarini minimallashtirish sxemalari va usullaridan foydalanganda uning huquqiy oqibatlarini baholash orqali soliq solish sohasida qabul qilinadigan boshqaruv qarorlarining optimalligini ta'minlash;
• puxta o‘ylangan va salbiy oqibatlarga olib kelmaydigan soliq sxemalarini qo‘llash yo‘li bilan muqobillikni ta'minlash, ya'ni korxona menejmenti birorta harakatlarni amalga oshirayotganda ularning oqibatlarini hisoblab chiqishi va baholashi, qabul qilingan qarorlar tufayli olinishi mumkin bo‘lgan foyda bilan taqqoslashi lozim. Masalan, korxona faoliyatida shubhali va asoslanmagan choralarini qo‘llamaslik;
• soliq to‘lovlarini qonuniy asoslarda minimallashtirish imkonini beradigan sxemalar va usullarni ishlab chiqish orqali qonuniylikka rioya etish;
muqobillik, ya'ni doim bir nechta variantlar ichidan eng yaxshisini tanlash olish uchun muqobillik bo‘lishi kerak;
• individuallik, ya'ni soliqlarni kamaytirishning u yoki bu usulidan faqat korxona faoliyatining barcha xususiyatlari o‘rganib chiqilganidan keyin foydalanish mumkin.
Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan soliqlarni rejalashtirish tamoyillari soliqlarni qonuniy tarzda optimallashtirish va minimallashtirish maqsadida soliq tizimi bilan o‘zaro ta'sirlashuvining eng ob'yektiv vositalari va sharoitlarini o‘z ichiga oladi. Soliqlarni rejalashtirish tamoyillariga rioya etilishi korxonaning samarali ishlashiga shart-sharoitlar yaratadi hamda xo‘jalik faoliyati sohasidagi noto‘g‘ri boshqaruv qarorlari sababli kelib chiqishi mumkin bo‘lgan salbiy oqibatlarni kamaytiradi.

Download 33.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling