Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva


Download 4.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet375/463
Sana19.10.2023
Hajmi4.43 Mb.
#1709820
1   ...   371   372   373   374   375   376   377   378   ...   463
Bog'liq
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX

422
 
oladi. Inson azob chekish evaziga yashayotganini biladi


Kerkegor fikricha, ekzistentsiya deganda inson borlig’ining mavjudlik usuli, 
mohiyati emas, balki inson shaxsining bilib bo’lmaydigan, takrorlanmas holatlari 
nazarda tutiladi. Uning ekzistentsialistik qarashlari «Yoki-yoki», «Qo’rquv va 
titroq», «O’lim kasali» asarlarida bayon etilgan. 
Ekzistentsializm falsafasi XX asrning boshlarida Germaniyada vujudga 
keldi. 
Ekzistentsializm falsafasida inson muammosiga o’ziga xos yondashuv aks 
etgan. Agar klassik falsafada insonning mohiyati aql-zakovati asosida talqin 
qilingan bo’lsa, bu yo’nalishda inson erki haqida fikr yuritiladi.
XIX-asrning noklassik falsafasiga inson muammosini olib kirishda mashhur 
nemis faylasufi Nitsshening (1844-1900 yy.) o’rni katta. U xoliq, ya’ni barkamol 
inson to’g’risidagi qarashlarni ilgari suradi. Nitsshe fikricha, inson bolasida 
xoliqlik va maxluqlik bir butun holda uyushadi. Nitsshe inson chinakam komillik 
darajasiga ko’tarilmog’i uchun avvalo mahluqlarga xos qiliqlardan xoli bo’lmog’i 
darkor, deb hisoblaydi. 
Ekzistentsializm falsafasining asosiy g’oyalaridan biri shuki, insonning 
xususiyati – u o’zini o’zi yasaydi, mavjud bo’la turib, o’z mohiyatini bunyod etadi. 
Mabodo individ inson darajasiga ko’tarilganida uning ongi va faoliyatida 
nuqsonlar mavjud ekan, bunga, avvalo, o’zi aybdor. Chunki insonning tabiati u 
yaralgunga qadar mavjud bo’lmaydi va individning o’zidan boshqa hech qanday 
kuch uni insonga aylantira olmaydi. Bunday g’oyani ilgari surish bilan 
ekzistentsial falsafa insonning shakllanishida uning o’zi mas’ul ekanligiga e’tibor 
qaratadi. Ekzistentsializm inson faoliyatining ratsional tomonlariga diqqat qaratadi. 
Xususan, inson hayotida turli konfliktlar sodir bo’lganda aql-zakovat hukmiga 
quloq solish, aql kuchi bilan har qanday vaziyatdan chiqish – inson amaliy 
faoliyatining muhim sharti ekanligini ta’kidlaydi. Oddiy insonning «xushyor 
hisob-kitoblari», eng og’ir damlarda o’zi bilan o’zi maslahatlashishi uni turli fojea 

1
Qarang: Falsafa. Qomusiy lug’at. – T.:«Sharq», 2004.-214-bet. 







Download 4.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   371   372   373   374   375   376   377   378   ...   463




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling