Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva


Download 4.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet373/463
Sana19.10.2023
Hajmi4.43 Mb.
#1709820
1   ...   369   370   371   372   373   374   375   376   ...   463
Bog'liq
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX

420
 
yutuqlariga tayanish zarurligini isbotlab berdi. Mashhur ingliz faylasufi – Tomas 
Gobbs (1588-1679 yy.) fikriga ko’ra, jamiyat – juda katta mexanizm, inson o’sha 
buyuk mexanizmning muruvvatidir. Inson degan mavjudot bir-biridan mutlaqo 
farq qiluvchi ikki muhim bo’lakdan iborat. Uning birinchi bo’lagini jismoniy, 
ikkinchi bo’lagini – ma’naviy qobiliyatlar tashkil etadi. Insondagi ma’naviy 
qobiliyatlar tabiat tomonidan in’om etilmaydi, balki ular o’zlashtiriladi.
Gobbs insonning ma’naviy qobiliyatlarini mavjud ijtimoiy shart-sharoitlar 
bilan bog’lab tushuntirishga harakat qiladi. 
Ingliz faylasufi Djon Lokk (1632-1704 yy.) «Inson ahli to’g’risidagi tajriba» 
asarida inson qalbi xuddi oq qog’oz varag’idek toza bo’lib, faqat tajriba o’sha 
qog’oz sahifasini turli yozuvlar bilan to’ldiradi. Insonni yangi bilimlar bilan 
qurollantirmoq uchun tajribaga tayanmoq lozim. Har qanday bilim yoki g’oyaning 
manbai – tajribadir, degan fikrni ilgari suradi. U «Aqlni boshqarish haqida 
risola»sida inson faoliyat ko’rsatishda o’z aqlida mavjud bo’lgan bilimga tayanadi, 
deb ta’riflaydi.
XVIII asr frantsuz olimi, ma’rifatparvar Jan Jak Russo (1712-1778 yy.)ning 
inson muammosiga doir falsafiy fikrlari uning «Odamlar orasida tengsizlikning 
kelib chiqishi va asoslari haqida mulohaza», «Ijtimoiy shartnoma», «Emil yoki 
tarbiya to’g’risida»gi asarlarida aks etgan. 
Inson muammosi nemis klassik falsafasida muhim o’rin tutadi. Nemis 
klassik falsafasining yirik vakillari Immanuil Kant, Fixte, Shelling, Gegel, Lyudvig 
Feyerbax insonshunoslik sohasidagi bilimlarning rivojlanishiga katta hissa 
qo’shdilar. Immanuil Kant (1724-1804 yy.) insonga ta’rif berganda uch muhim 
tomonga ahamiyat berish lozimligini ta’kidlaydi: 1. Tirik mavjudot sifatida 
insonda hayvoniy alomatlarning borligi. 2. Tirik va aqlli mavjudot sifatida unda 
insoniylik alomatlarining borligi. 3. Aqlli mavjudot va shuning bilan birga unda 
fikr-mulohazalarni singdirish imkoniyati mavjud bo’lgan shaxs alomatlari borligi
1
.

1
Anvar Choriev. Inson falsafasi. Inson to’g’risidagi falsafiy fikrlar taraqqiyoti.–T.,1998.-162-


bet. 





Download 4.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   369   370   371   372   373   374   375   376   ...   463




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling