Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva


Download 4.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/463
Sana19.10.2023
Hajmi4.43 Mb.
#1709820
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   463
Bog'liq
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX

25
 
muqaddas dinimizni zo‘ravonlik va qon to‘kish bilan bir qatorga qo‘yadiganlarni 
qat’iy qoralaymiz va ular bilan hech qachon murosa qila olmaymiz. Islom dini 
bizni ezgulik va tinchlikka, asl insoniy fazilatlarni asrab-avaylashga da’vat etadi»
1

Asrlar davomida din odamlarni eng ulug’ maqsadlar yo’lida birlashtirishga
hamjihat bo’lishga undagan. U har doim kishilarni o’z-o’zini idora etishga, yaxshi 
xislatlarini ko’paytirib, yomonlaridan xalos bo’lishga chorlagan, har bir alohida 
insonga, oila, jamoa, mintaqa, umumxalqqa rahnamo bo’lgan, uni og’ir-og’ir 
sinovlarga bardosh berishga, yorug’ kunlarga intilib yashashga da’vat qilgan, 
ishontirgan.
“Demak, din xalq ma’naviyatining, ma’rifatining yuksalishiga katta hissa 
qo’shib kelgan ekan, bugungi davlatchiligimiz haqida so’z yuritganda, rejalar 
tuzganda dinni, eng avvalo, ham milliy, ham umuminsoniy qadriyat sifatida e’tiborda 
tushunishimiz lozim”
2
.
Islom madaniyati jahon madaniyatining ajralmas bir tarkibiy qismidir. Uni 
o’rganishga va oqilona, tanqidiy, ilmiy, ijodiy foydalanishga arziydigan juda ko’p 
ijobiy tomonlari bor. 
O’zbekiston 
Konstitutsiyasining 
31-moddasida 
belgilanganidek, 
respublikamizda “hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson 
xohlagan dinga e’tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik huquqiga 
ega. Diniy qarashlarni majburan singdirishga yo’l qo’yilmaydi”
3

Din iymon, e’tiqod erkinligini unutmagan holda, diniy qadriyatlarni hurmat 
qilgan holda, fuqarolarni, ayniqsa yosh avlodni zamonaviy, dunyoviy fanlar asosida 
tarbiyalash mutlaqo zamon talabi ekanligini unutmaslik kerak. 
O‘zbekiston 
Prezidenti Shavkat 
Mirziyoyev

ta’kidlaganidek, - “Inson ma’naviy olami, xalqlar 


madaniyatini belgilaydigan manbalarni asrab-avaylash va boyitish bugungi kunda 

1
Mirziyoyev Sh. BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasidagi nutq // “Xalg so’zi” 2017 yil 


 
20 sentyabr. 
2
Karimov I.A. O’zbekistonning siyosiy-ijtimoiy va iqtisodiy istiqbolining asosiy tamoyillari. -
T.:“O’zbekiston”, 1995. -55-bet. 
3
O’zbekiston Respubikasi Konstitutsiyasi.-T.:“O’zbekiston”, 2018. -13-bet 





Download 4.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   463




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling