Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva
Download 4.43 Mb. Pdf ko'rish
|
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX
24
namoyondalari Mariten, Jelson (Frantsiya), Vetter (Avstraliya), de Remekr (Belgiya) va boshqalar diniy e’tiqod va fan haqiqatga erishishning ikki manbai, shuning uchun ular bir-birini istisno etmaydi, aksincha to’ldiradi degan g’oyani ilgari surib kelmoqdalar. Ularning fikricha, diniy e’tiqod va bilim o’rtasida to’la uyg’unlik mavjud. Neotomistlar bilim bo’lmagan joydagina e’tiqod kerak deb tan oladi, ularni ko’r- ko’rona irratsional e’tiqod qoniqtirmaydi. Din va diniy dunyoqarash xususida so’z borganda shuni aytish kerakki, o’tmishda biz dinga bir tomonlama yondashib, uning inson manfaati sohasida, kishilarning axloqiy munosabatlarini takomillashtirishdagi ijodiy rolini to’g’ri tushunmay keldik. Dinga qarshi kurashish niqobi ostida xalqimiz asrlar mobaynida amal qilib kelgan marosim va urf-odatlar ta’qiklandi, qanchadan-qancha masjid va madrasalar asossiz ravishda buzib tashlandi. Necha minglab jildlarni tashkil etadigan nodir kitoblar shaxsga sig’inish va qatag’on avj olgan yillarda kuydirib tashlandi. Hozirgi paytda o’tmishda ro’y bergan haddan oshishlar tuzatilmoqda, ijtimoiy adolat tiklanmoqda. O’zbekiston fuqarolarining vijdon erkinligini kafolatlash va amalda ro’yobga chiqarish maqsadida mamlakatimizda diniy maskanlar ochilib, ularda diniy bilimlarni o’zlashtirish imkoniyati yaratildi. Yopib qo’yilgan masjidlar ochildi, ko’plab yangi masjidlar qurilmoqda, diniy adabiyotlarni nashr etish ijobiy hal etildi. Ma’lumki, mamlakatimizda o’n oltita diniy konfessiya erkin faoliyat ko’rsatmoqda. Diniy arboblar odamlarni tinchlikni saqlashga, urushning oldini olishga insoniyat va uning tili, qadimiy tarixi va madaniyatini, madaniy merosi va ijobiy urf-odat va an’analarini avaylab-asrashga va qadrlashga, ekologik va demografik muammolarni ijobiy hal etishga da’vat etmoqdalar. Yoshlarda sharqona axloq-odob madaniyatini tarbiyalashda islom dini alohida o’rin tutadi. «Biz, - deydi O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Mirziyoyev Sh.M., - butun jahon jamoatchiligiga islom dinining asl insonparvarlik mohiyatini yetkazishni eng muhim vazifa, deb hisoblaymiz. Biz muqaddas dinimizni azaliy qadriyatlarimiz mujassamining ifodasi sifatida behad qadrlaymiz. Biz |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling