27
rivojlanishda deb qarashni ham talab qiladi. Dunyoni inson ongida bir yaxlit, uzviy
aloqadorlik va rivojlanish tarzida in’ikos etish falsafiy dunyoqarashning asosiy
xususiyatlaridan birini tashkil etadi.
Falsafiy dunyoqarash narsa va hodisalarni inson ongida yaxlit aks ettirish
bilan bir qatorda, u kishilarning tafakkurlash madaniyatini, ichki ma’naviy
dunyosini shakllantiradi va boyitadi. Shuningdek, falsafiy dunyoqarash kishilarga
xos bo’lgan rostgo’ylik, poklik, insonparvarlik va boshqa olijanob fazilatlarni, axloqiy
me’yorlar, qadriyatlarni mujassamlashtiradi.
Falsafiy dunyoqarash asosida kishilar jamiyatining tabiat bilan uzviy birligi,
inson va insoniyat taqdirlarining mushtarakligi, turli-tuman xalqlar madaniyatining
xilma-xilligi va birligi haqida ishonch hosil qiladi.
O’rta Osiyo mutafakkirlarining fikricha, barcha insonlarga xos bo’lgan
olijanob fazilatlar eng avvalo faylasuflarda o’z aksini topmog’i lozim. Forobiyning
fikricha, “faylasufning xulq-atvori, axloqi ham o’z kasbiga loyiq bo’lishi kerak.
Shuningdek, o’z xalqining ra’yini va o’z xalqida bo’lgan eng yaxshi urf-odatlarni
qattiq tutgan bo’lishi kerak.
Faylasuf bo’lmoqchi bo’lgan odam o’z axloqi va xislatlari bilan a yt ilga n b u
shartlarga javob bera olsa, shundan keyin u falsafa bilimini o’rganishga va uni
boshqarishga kirishishi mumkin.
Falsafa tomonidan insonlarda hosil qilinadigan barcha axloqiy fazilatlar ularning o’z
oldiga maqsad qilib qo’ygan intilishlarining ilmiy asosini tashkil etishi lozim. Inson o’z
oldiga qo’ygan maqsadlarini, eng avvalo, axloqiy me’yorlaridan kelib chiqib
baholashi kerak.
Yirik nemis faylasufi I.Kant ta’kidlaganidek, insonning o’z faoliyatida
axloqiy qadriyatlarni asosiy mezon qilib olishi, falsafaning qimmatini yanada
oshiradi.
Falsafiy dunyoqarash o’zining xilma-xilligi bilan ifodalanadi. Har bir davrda
va turli mamlakatlarda u yoki bu muammo falsafaning markazida turadi. Falsafa o’z
mavzusining xilma-xilligi bilan turli falsafiy g’oyalarning rivojlanishiga sabab
Do'stlaringiz bilan baham: |