Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva


Download 4.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/463
Sana19.10.2023
Hajmi4.43 Mb.
#1709820
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   463
Bog'liq
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX

32
 
Fan o’z qoidalarini asoslab berish imkoniyatiga ega. Bu falsafa faniga ham 
tegishlidir. Ammo, agar aniq fanlar o’z qoidalarini kundalik amaliy tajriba yordamida 
asoslab bersa, falsafa mantiq yo’li bilan asoslab beradi. Forobiy ta’kidlaganidek, 
“odamlar falsafa yo’li bilan isbot etilgan mavjud narsa haqida to’la ishonch va 
qanoatga ega bo’ladilar”
1

Har bir fan olamning aniq bir tomonini o’rganar ekan, demak, bu fanning 
yolg’iz o’zi olam haqida bir butun ilmiy tasavvur hosil qilish uchun yetarli bo’la 
olmaydi. Olam haqidagi yaxlit ilmiy tasavvurni tabiatshunoslik fanlarining barchasi 
ham hosil qila olmaydi. Tabiatshunoslik fanlari tabiat va uning rivojlanish 
qonunlarini o’rganadi. Olam haqidagi yagona ilmiy tasavvur esa, jamiyat va inson 
tafakkuridagi bilimlarni ham o’z ichiga oladi. Demak, olam haqidagi eng umumiy 
bilim barcha fanlar o’rganadigan muammolarni sistemalashtirish, bir-biriga 
bog’lash va umumlashtirish natijasida hosil bo’ladi. Ana shu vazifani falsafa fani 
bajaradi. Bu fan barcha fanlarning amaliy faoliyati jarayonida to’plangan dalillarni 
bir tizimga solish, uni bilish va unga amaliy ta’sir qo’rsatish yo’llarini ochadi. 
Falsafa — aniq fanlarning yutuqlariga befarq qaramaydi, balki eng yangi 
kashfiyotlarni chuqur o’rganish, nazariy umumlashtirish zaminida o’sib, ijodiy 
rivojlanib boradi. Shu ma’noda falsafaning ijodiy boyishi va rivojlanishi bu fanlarning 
taraqqiyoti bilan bevosita bog’liq. 
Falsafa tabiatshunoslik uchun voqelikni o’rganishda eng umumiy ilmiy usul 
bo’lib xizmat qiladi, o’z navbatida, tabiat ilmi yutuqlari ham falsafaning qonun-
qoidalarini tasdiqlashda katta rol o’ynaydi. 
Ko’rinib turganidek, falsafiy ta’limotga asoslanish aniq fanlar mohiyatini 
bilishga, ularning kashfiyotlarini to’g’ri umumlashtirishga imkon beradi. Ilmiy 
falsafiy nazariya bilan qurollangan olim boshqalarga nisbatan o’z fanining istiqbolini, 
mohiyatini chuqurroq bila oladi. Agar har bir fan o’zicha rivojlana borsa, kashfiyotlar 
bir-biri bilan bog’lanmasa va umumlashtirilmasa u vaqtda olam haqida yagona bilim 

1
Abu Nasr Forobiy. Fozil odamlar shahri.-T.:“Xalq merosi”, 1993.-189-bet. 







Download 4.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   463




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling