Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva
Download 4.43 Mb. Pdf ko'rish
|
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX
34
bog’liqdir. Bundan yaqqol kurinib turibdiki, falsafa bilan siyosat bir-biri bilan aloqadorliqdadir. Bular o’rtasidagi aloqadorlik shakllari va darajalari har bir jamiyatga bo’lgan iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy munosabatlarning xususiyatlari bilan belgilanadi. Shu tufayli turli jamiyatlarda falsafaga bo’lgan munosabat va uning siyosati bilan aloqadorlik darajasi turlichadir. Buni biz o’z tariximizdan yaqqol ko’rishimiz mumkin. Ma’lumki, o’tmishda jamiyatimizda bitta partiya, bitta mafkura, bitta dunyoqarash yakka hokimlik qilib keldi. Davlat, partiya va hukmron guruhlarning manfatlari inson manfaatlaridan ustun qo’yildi. Natijada inson huquqlari va erkinliklari, demokratiya, ijtimoiy adolat qoidalari qo’pol ravishda buzildi va yo’qqa chiqarildi. Davlatimizning moddiyni asosini tashkil etuvchi mulkni yaratuvchi kishilar o’z mehnati bilan ishlab chiqargan mahsulotlardan begonalashtirib qo’yildi. Ma’muriy-buyruqbozlik davlat tizimi joylarda o’z hukmini o’tkazib, hamma narsani oldindan belgilab, mahalliy hokimiyatlarning huquklarini cheklab qo’ydi. Madaniy sohada ham ko’pgina ma’naviy yo’qotishlar sodir bo’ldi. Xalqimizning milliy madaniyati, tili, urf-odatlari, an’analari oyoq osti qilindi, fuqarolar vijdon va din erkinliklaridan mahrum bo’ldilar. Fan va madaniyatga, jumladan, ijtimoiy fanlarga ham marksizm-leninizm qoidalarini poydevor qilib singdirish uchun salbiy ishlar amalga oshirildi. Rasmiy mafkuraga zid fikr yuritgan olimlarni partiyaviy jazolash, ularni partiyaviylikdan, g’oyaviylikdan chekinishda, sinfiy xushyorlikni yo’qotishda va boshqa kamchiliklarda ayblash odatga aylanib qolgan edi. Bunday vaziyat, albatta ijtimoiy fanlarning, shu jumladan, falsafa fanining rivojlanishiga salbiy ta’sir ko’rsatdi va ijodiy fikrlashga imkoniyat bermadi. Ijtimoiy fanlar hayotidan kelib chiqadigan dolzarb muammolar bilan shug’ullanish o’rniga sobiq ijtimoiy-siyosiy tizimning qo’lidagi mafkuraviy qurolga aylanib qoldi. Mustaqillik tufayli jamiyatimizning hamma sohalarida, shu jumladan, madaniy-ma’naviy sohada ham ro’y berayotgan tub o’zgarishlar ijtimoiy fanlarning |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling