Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva


 Dunyoqarashning tarkibiy qismlari –


Download 4.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/463
Sana19.10.2023
Hajmi4.43 Mb.
#1709820
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   463
Bog'liq
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX

9. Dunyoqarashning tarkibiy qismlari –
a) iroda, hissiyot, vijdon 
b) orzu-umid, ishonch-e’tiqod, bilim 
v) or-nomus, sezish, bilim 
g) imon, g’urur, ilm 
10. “Mifologiya” qanday ta’limot? 
a) Donishmandlikni sevmoq 
b) Asosida g’ayritabiiy kuchlarga ishonch 
v) Rivoyat va afsonalar haqidagi ta’limot 
g) Dunyoni tushunish 
11. Din nima? Din bu – 
a) Dunyoning ilohiy yaratilishi haqidagi ta’limot 
b) Xudoga ishonch 
v) Xudo haqidagi bilim 
g) Xudoga e’tiqod qilishga qaratilgan dunyoqarash 
12. Falsafiy dunyoqarashning muhim jihatlari nimada? 
a) Voqelik haqidagi bilimlar to’plami ekanligida 
b) Dunyoni inson ongida bir yaxlit, uzviy aloqadorlik va rivojlanish tarzida 
in’ikos ettirishida 
v) doimiy ravishda o’zgarib, boyib va takomillashib boradigan dunyoqarash 
ekanligida
g) kishilarning imon-e’tiqodiga asoslanishida 




42
 
 
 
II-BOB: FALSAFIY TAFAKKUR TARAQQIYOTI BOSQICHLARI: 
SHARQ FALSAFASI 
 
2.1.Sharq xalqlarining ilk falsafiy fikrlari 
 
Jahon madaniyatining tarkibiy qismi hisoblangan falsafa fani turli davr va 
sharoitlarda yashagan, yashab kelayotgan barcha xalqlarning, butun insoniyatning 
ma’naviy boyligi, umumiy yutug’i, bashariyatning asrlar jarayonida shug’ullangan, 
rivojlanib, sayqal topib kelgan aql-idrok va tafakkurlari mahsulidir. Falsafa fani 
rivojlanishiga dunyodagi barcha xalqlar kabi Sharq xalqlari ham o’zlarining 
bebaho ulushlarini qo’shganlar. 
Qadimgi Sharq xalqlarining tarixi va madaniyati, ilk siyosiy, huquqiy, diniy, 
badiiy, falsafiy qarash va tasavvurlari, ularning mazmun va mohiyati haqida antik 
zamon mualliflarining asarlarida, arxeologik manbalarda, xalq og’zaki ijodiyoti, afsona, 
miflar, dostonlar va rivoyatlarda aks etgan. 
Dastlabki falsafiy tasavvurlar Sharqning Bobil (Vaviloniya)da eramizdan 
avvalgi to’rtinchi ming yillik boshlarida paydo bo’lgan. Bu davrda odamlarning 
dunyoda ro’y berib turadigan xilma-xil hodisa va jarayonlariga bo’lgan 
munosabatlari va qiziqishlarini garchi sodda, yuzaki, ibtidoiy shaklda bo’lsada, 
o’zida aks ettirgan falsafiy qarashlari namoyon bo’la boshlagan.
Qadimgi Bobil adabiyotining ko’zga ko’ringan mashhur asarlaridan biri 
“Gilgamesh haqidagi doston” bo’lib, unda tuproq, suv, havo, issiqlik inson hayoti 
va tiriklikning abadiy manbai ekanligi, Gilgameshning obihayot qidirib, boshidan 
kechirgan sarguzashtlari va chekkan azob-uqubatlari, odamlarning tabiiy qonunlar 
asosida yashashi zarurligi, hayot va o’simlik sirlarini bilishga azaldan intilib 
kelganligi hikoya qilingan. 

Download 4.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   463




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling