Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva


Download 4.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/463
Sana19.10.2023
Hajmi4.43 Mb.
#1709820
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   463
Bog'liq
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX

33
 
hosil qilish, uning mohiyatini qonun va qonuniyatlarini chuqur bilish mumkin 
bo’lmay qoladi. Shuning uchun ham aniq fanlar bilan falsafaning o’zaro aloqadorligiga 
bo’lgan zaruriyat doim saqlanib va kuchayib boraveradi. 
Falsafa — insoniyatning buyuk ma’naviy boyligidir. U avlod-ajdodlar 
tomonidan yaratilgan madaniy, tarixiy merosning barcha durdonalaridan bekamu-
ko’st foydalanish, tabiiy, texnikaviy, ijtimoiy-gumanitar fanlar erishgan ulkan 
muvaffaqiyatlarga suyanish asosida shakllanib va rivojlanib borish bilan birga, kishilarda 
olam haqida bir butun, yaxlit dunyoqarash shakllanishida nazariy poydevor 
vazifasini o’taydi. Shuning uchun barcha ijtimoiy tuzumlarda hokimiyat egalari
ijtimoiy guruhlar, siyosiy partiyalar falsafa fanidan o’zlarining manfatlarini 
ta’minlash maqsadida mafkuraviy qurol sifatida faol foydalanib kelganlar. Ayniqsa, 
sho’rolar davrida 70 yildan ortiq vaqt mobaynida falsafa ma’muriy-buyruqbozlik 
tizimining siyosati bilan chambarchas bog’liq holda, o’zining fan xususiyatini asta-
sekin yo’qotib, asosan siyosiylashgan mafkuraviy g’oyalar yig’indisiga aylanib 
qolgan edi. 
Falsafa fani turli-tuman oqimlarning, yo’nalishlarning, xilma-xil g’oyalarning 
tizimlashtirilgan yig’indisidan iboratdir. Shuni e’tiborga olgan holda, siyosiy 
tashkilotlar, partiyalar, o’zlarining maqsadlariga javob beradigan falsafiy fikr va 
g’oyalarni nazariy qurol qilib oladilar. 
Falsafa bilan siyosatning yana bir bog’liq tomoni bor. Falsafa fani sifatida 
nisbiy mustaqillikka ega, chunki falsafiy muammolarning doirasi, ularning kelib 
chiqishi, turli falsafiy maktablarda, yo’nalish va oqimlarda xilma-xil hal etilishi, 
ilmiy va amaliy ahamiyati va shu kabi masalalar siyosatdan kelib chiqib emas, balki 
bu fanning o’ziga xos bo’lgan qonuniyatlar asosida belgilanadi. Lekin siyosat 
boshqa fanlar kabi falsafa fanining rivojlanishiga ham faol ta’sir etadi.
Falsafa fanining rivojlanishi uchun zarur bo’lgan mablag’, uning hajmi, ilmiy-
texnikaviy uskunalar, moddiy negiz, ishchilar soni va ularga beriladigan maosh 
hajmi, ijtimoiy sharoitlar va shu kabi masalalarning hal bo’lishi, u yoki bu 
jamiyatni boshqarib turuvchi hokimiyat, ijtimoiy partiyalarning siyosati bilan uzviy 





Download 4.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   463




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling