Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva


Download 4.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/463
Sana19.10.2023
Hajmi4.43 Mb.
#1709820
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   463
Bog'liq
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX

31
 
etadi. Falsafaning ham, aniq fanlarning ham ob’ekti bitta, u ham bo’lsa bizni qurshab 
olgan olamdir. Ammo ularning tadqiqot predmetlari turlichadir. Rang-barang dunyo 
va undagi hodisalarda bir vaqtning o’zida umumiy va xususiy qonunlar namoyon 
bo’ladi.
Dunyoning alohida olingan va cheklangan sohalarida amal qiluvchi xususiy 
qonunlarni aniq fanlar o’rganadi. Ular orasida amal qiladigan eng umumiy qonunlar 
falsafaning o’rganish sohasiga kiradi. Masalan, miqdoriy munosabat va fazoviy 
o’rinlarni — matematika, issiqlik, nurlanish, elektromagnit va yadro jarayonlarini 
— fizika, o’simlik va hayvonot olamini — biologiya fanlari, ishlab chiqaruvchi 
kuchlar va ishlab chiqarish munosabatlarini, ishlab chiqarish usuli va taqsimlash 
kabilarni — iqtisod fani o’rganadi. Falsafa alohida fanlar singari dunyoning u yoki 
bu tomonini emas, balki uni bir butunligicha o’rganadi. Tabiat, jamiyat va inson 
tafakkurining eng umumiy qonuniyatlarini tadqiq qilib, kishilarning dunyoqarashini 
rivojlantirib, ularning nazariy va amaliy faoliyatini to’g’ri yo’lga soladi. 
Fan tizimlashtirilgan bilimlar yig’indisi bo’lib, u o’z navbatida fanning 
nazariya, qonun, tushunchalar turkumida ifodalanadi, aniq fanlar kabi falsafa fani 
ham o’zining nazariyasiga, qonun va kategoriyalariga (umumiy tushunchalariga) ega. 
Ularning yordamida kishilar ongida voqelikdagi narsa va hodisalarning eng 
umumiy aloqadorligi va taraqqiyot qonuniyatlari aks ettiriladi. 
Fanning yana bir muhim xususiyati shundan iboratki, u tadrijiy ravishda 
taraqqiy etib, o’z mazmunida ilgari to’plangan ma’lumotlarni saqlab qolib, unga 
doir yangi bilimlarni qo’shib turadi. Falsafa fani ham, shuningdek o’tgan avlodlar 
tomonidan to’plangan g’oyalarni uloqtirib tashlamasdan, ularni saqlab qolib, doimo 
mazmunan boyib, rivojlanib turadi. Eski va yangi falsafiy g’oyalar o’rtasida vorisiy 
bog’liqlik mavjud. Buni biz falsafa tarixidan yaqqol ko’rishimiz mumkin. 
Fanning barcha qoidalari bir-birini to’ldirib, bir-biridan mantiqiy jihatdan 
kelib chiqish imkoniyatiga egadir. Falsafa fanining nazariyalari, qonun va 
kategoriyalari ham bir-biridan kelib chiqadigan, bir-birini mantiqiy to’ldiradigan 
yaxlit ilmiy tizimdir. 





Download 4.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   463




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling