Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva


Download 4.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/463
Sana19.10.2023
Hajmi4.43 Mb.
#1709820
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   463
Bog'liq
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX

45
 
tabiatning asosi bo’lib ko’ringan. Misrliklar, hayot suvdan boshlanadi deb bilib, 
suvsiz hech qanday hayot bo’lmasligini ko’rib, suvni ulug’lovchi qanchadan-
qancha rivoyat va afsonalar to’qiganlar. Ular Nil daryosini ilohiylashtirganlar, uni 
“odamlarga hayot baxsh etish uchun toshib turadigan Nil”, deb ulug’laganlar. 
SHuning uchun misrliklar marhumlar ruhiga afsunlar o’qib, uning abadiy 
yashashini ta’minlamoqchi bo’lganlarida xudoga quyidagicha nola qilganlar: “Sen 
ulug’ xudoga — Ossiri sga marhamat aylaganingda unga Nil keladigan bo’ldi, 
uning uchun yaylovlar paydo bo’ldi va papirus o’sadigan bo’ladi. Xuddi shu 
singari unga — marhumga ham marhamat aylaginki, u sening suvingdan 
bahramand bo’lsin, u sening oqar suvlaringdan icha olsin”
1

Misrliklar o’zlarining dunyoviy va diniy-falsafiy poeziyalarida odamlarni 
bu dunyoning butun noz-ne’matlaridan to’la bahramand bo’lib yashashga
quvonch, shodu-hurram hayot kechirishga, o’lim, oxirat haqida hadeb 
o’ylayvermaslikka chaqirgan. 
Misrliklarning ilk falsafiy tasavvurlari haqida birmuncha ma’lumot 
beradigan qadimiy manbalardan biri - “Nasihatnoma”da bilimning xosiyati haqida, 
bilimdon kishining qadr-qimmati to’g’risida aytib o’tilgan. “Agar sen bilimdon 
odam bo’lsang, aytganing-aytgan, deganing-degan bo’ladi. Yozish-o’qishni 
chuqur egallab, ko’nglingga mahkam jo qilib ol, ana shunda har bir aytgan gaping 
hammaga manzur bo’ladi. Mirzoni qanday lavozimga qo’ymasin, u hamma vaqt 
kitob bilan ish ko’radi”
2

Qadimgi misrliklarning xalq og’zaki ijodiyotida, ayniqsa, diniy-mifologik 
asarlarida tabiat hodisalari va tabiat kuchlari ilohiylashtirilgan. O’simlik va 
daraxtlarga topinish Misrda eng qadimgi davrlardayoq mavjud bo’lgan. 
“Hayot osmoni daraxti” to’g’risidagi qadimgi afsonada o’simliklar ramzi 
bo’lgan daraxt insonning yer yuzidagi hayoti uchun zarurdir, degan fikr ilgari 
surilgan. Misrliklarning tabiatni, dunyoni uning o’ziga asoslanib turib tushuntirish 

1
Avdiev V.I. Qadimgi Sharq tarixi. –T., 1964. -329-330-betlar. 


2
Avdiev V.I. Qadimgi Sharq tarixi. –T., 1964.-367-bet. 





Download 4.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   463




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling