Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva
Download 4.43 Mb. Pdf ko'rish
|
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX
53
— inson uchun jondan aziz hisoblangan muqaddas dargoh — Vatanning istiqloli, erki va mustaqilligi uchun ajnabiy dushmanlarga qarshi murosasiz kurashish jamiyat har bir a’zosining oliy insoniy burchi ekanligi haqidagi fikr- mulohazalardir. O’rta Osiyo xalqlarining Eron ahmoniylari bosqiniga qarshi kurashini badiiy aks ettiruvchi To’maris va Shiroq to’g’risidagi rivoyatlar aytib o’tgan fikrimizga misol bo’ladi. To’maris haqidagi qissada massagetlar malikasi To’maris timsolida Eron bosqinchilariga qarshi kurashdagi mardligi, dovyurakligi, jasorati, donishmandligi, Vatanga sadoqati, dushmanlarga nisbatan ziyrak va xushyorligi chuqur bayon etilgan. Vatanini himoya qilish, erksevarlik, vatanparvarlik ajdodlarimizning qon- qoniga singib ketganligi Shiroq to’g’risidagi tarixiy rivoyatda ham chuqur va har taraflama ochib berilganligini eslatib o’tish mumkin. O’rta Osiyoda yashagan avlod-ajdodlarimizning falsafiy fikrlari haqida qimmatli ma’lumotlarga ega bo’lishimizda “Avesto”, “Behistun”, “Bundaxishn”, “Denkard” singari yozma yodgorliklar muhim tarixiy hujjat sifatida alohida ahamiyatga ega. Ko’xna Xorazm zaminida bundan qariyb uch ming yil ilgari yaratilgan eng mo’’tabar, qadimgi nodir qo’lyozma — “Avesto” Amu va Sirdaryo oralig’ida yashagan ajdodlarimizning biz avlodlarga qoldirgan ma’naviy, tarixiy, falsafiy, huquqiy merosidir”. “Avesto”' ayni zamonda bu qadim o’lkada buyuk davlat, buyuk ma’naviyat, buyuk madaniyat bo’lganidan guvohlik beruvchi tarixiy hujjatdirkim, uni hech kim inkor eta olmaydi” 1 . “Avesto”da aks etgan asosiy falsafiy g’oyalar, diniy e’tiqodning yetakchi tushunchalari tarixiy shaxs Zardusht (Zardust) nomi bilan bog’liq. Uning nomiga nisbatan din ham shunday nom bilan, ya’ni zardushtiylik deb ataladi. Zardusht, manbalarning ko’rsatishicha, taxminan miloddan avvalgi 570-yillarda tug’ilgan bo’lib, yetmish yetti yoshida ibodat qilayotgan chog’ida dushman xoinlaridan biri tomonidan orqasidan xanjar sanchib o’ldirilgan. Zardushtga 1
|
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling