Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva


Download 4.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/463
Sana19.10.2023
Hajmi4.43 Mb.
#1709820
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   463
Bog'liq
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX

55
 
“Avesto”da odamlarni iymonli bo’lishga, doimo pok, toza yurishga, tanani 
ozoda tutishga, har qanday yomon niyat va so’zlardan tiyilishga, yomon 
amallardan voz kechishga, nojo’ya ishlardan yuz o’girishga da’vat etadigan 
axloqiy qoidalar, diniy o’gitlar, falsafiy g’oyalar nihoyatda ko’p. 
“Avesto”da qayd etilgan eng muhim falsafiy fikrlardan biri — insonlarni 
mehnat qilishga, o’z qo’llari bilan moddiy boyliklar yaratib to’q, farovon hayot 
kechirishga da’vat etilganligidadir. Zardushtiylikda chorvaning ko’payishiga, 
yaylovlarning gullab-yashnashiga yordam bergan taqdirda, tinmay mehnat 
qilgandagina xudoning inoyatiga noil bo’ladi, deyiladi. Zardusht xudo 
Axuramazdadan yer yuzidagi eng yaxshi joy qaerda, deb so’raganda u, inson 
qaerdaki o’ziga uy tiklab, oilasi (xotini va farzandlari)ga, podalariga o’rin ajratib 
bersa, yem-xashagi ko’p bo’lib, chorvasi va itlari to’q yashasa, uyda noz-ne’matlar 
muhayyo bo’lib, xotini va farzandlari faravon yashasa, uyda e’tiqodi sobit, olovi 
alangali, boshqa narsalari ham mo’l-ko’l bo’lsa, o’sha manzil, o’sha go’sha 
ulug’dir, muhtaramdir, deb javob beradi. 
“Avesto” mehnat qilib, boylik yaratib, yangi joylarni obod qilib, qo’riq va 
bo’z yerlarni haydab, sug’orib o’zlashtirgan, sut, go’sht, yog’, don-dun yetishtirib 
jamiyat taraqqiyotiga yo’l ochib bergan, farovonlikni ta’minlagan dehqonlar, 
chorvadorlar, ovchilarni ulug’laydi. Unda, masalan, yerga mehr qo’yib mehnat 
qilish zarurligi haqida aytilgan. Kimda-kim, ham o’ng qo’li bilan, ham chap qo’li 
bilan yerga ishlov bersa, yerga foyda keltiradi. yer ham undan o’zining har xil 
noz-ne’matlarni, ziroatlarini, mo’l-ko’l hosilini ayamaydi, deyiladi kitobda.
Kimki yerga vaqtida ham o’ng qo’li, ham chap qo’li bilan ishlov bermagan, 
mehnat qilmagan bo’lsa, unday kimsalarga zamin: “O sen, odam, menga 
topilmaydigan, mehnat qilmaydigan odam! Sen haqiqatan ham tilanchilar qatorida, 
yot eshiklarga ta’zim qilib, abadul-abad bosh egib turajaksan! Haqiqatan ham 
sening yoningdan xilma-xil ziroatlarni olib o’tadilar, bu noz-ne’matlarning 
barchasi mehnat qilayotgan: to’q va farovon yashayotgan xonadonga nasib qiladi. 
Abadul abad shunday bo’lajak!” - deb mehnatga da’vat qiladi. 





Download 4.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   463




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling