51
qadimgi Sharq mamlakatlari va boshqa davlatlarda paydo bo’lgan va rivojlana
boshlagan, dastlabki falsafiy bilim va tasavvurlarning ildizlari, boshlang’ich
asoslari jahon xalqlari tarixi va madaniyatining uzoq o’tmishiga borib taqalishini
ko’rsatib va isbotlab turibdi.
2.2. Mintaqamizdagi dastlabki falsafiy fikrlar
O’rta Osiyo jahonning ilm-fan, falsafa, din, adabiyot va san’ati qadimdan
rivojlangan, tarixi nihoyatda boy mintaqalardan biridir. Ko’plab hujjatlar, muhim
og’zaki va yozma manbalar, turli asori-atiqa obidalaridan ma’lum bo’lishicha,
Dneprdan Oltoygacha bo’lgan, jumladan, O’rta Osiyoda skiflar, Kaspiy orti
tekisligida massagetlar, ulardan sharqda esa saklar, so’g’dlar, baktriyaliklar,
xorazmiylar, parkanaliklar yashaganlar. Ular bir necha ming yillar ilgari
sug’orishga asoslangan dehqonchilik hamda chorvachilik, ovchilik-baliqchilik
bilan shug’ullanganlar.
Hozirgi tojik, o’zbek, turkman ajdodlarining sug’orma dehqonchilik
madaniyati shu qadar rivoj topganki, hatto birgina Araks (hozirgi Amudaryo)
havzalarida juda ko’plab sun’iy sug’orish inshooatlari qazilib, cho’l va sahrolarga
suv chiqarilgan. Shu tariqa moddiy va ma’naviy qadriyatlar yaratilgan.
Ajdodlarimiz yashagan hududlarda qadimdan xilma-xil madaniyat o’choqlari
tarkib topgan va rivojlangan.
Miloddan avval III-ming yillikda mintaqamizning markaziy va shimoliy
hududlarida qishloq xo’jaligi bilan birga hunarmandchilik, konchilik, mis va temir
eritish, metallardan har xil harbiy va mehnat qurollari yasash, kemasozlik,
tikuvchilik, binokorlik, zargarlik ham taraqqiy eta boshlagan. Sug’diyona,
Baqtriya, Xorazm kabi davlatlar, Toshkent, Xiva, Marokand (Samarqand),
Kiropol (hozirgi O’rtatepa) va boshqa shaharlar paydo bo’lgan. O’rta Osiyo
xalklarining buyuk madaniy muvaffaqiyatlaridan biri yozuvning ixtiro qilganligi
bo’ldi. Yozuvning ixtiro qilinishi, inson bilim doirasi va dunyoqarashining
Do'stlaringiz bilan baham: |