Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva
Download 4.43 Mb. Pdf ko'rish
|
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX
49
tufayli alohida ahamiyat va ilmiy qimmatga egadir. Milodgacha VIII-VII asrlarda Hindistonda Lokayati (faqat shu lokani tan oluvchi kishilarning qarashlari) falsafiy ta’limoti shakllana boshlaydi. Bu ta’limot asoschisi Brixaspati va uning izdoshlari yerdan boshqa tarzda kastning bo’lishi mumkin emas, degan fikrni olg’a suradilar. Charvaka nomi bilan ataladigan qadimiy Hind falsafiy oqimi tarafdorlari, dunyoni, tabiat hodisalarini qanday bo’lsa shunday tushuntirmoq kerak, degan talabni ilgari surgan edilar. Ular nuqtai nazaricha, butun olam olov, suv, havo, tuproq yig’indisidan iborat, inson ham ana shu to’rt unsur birikmasidan tashkil topgan. Charvaklar dunyoni hech kim yaratgan emas, balki uning zaminida moddiy elementlar birikishi yotadi, deb hisoblaydilar. Ular “o’tni kim issiq haroratli qildi, suvni kim sovuq qildi?” — degan savol berib, “bularning hammasini shu hodisalarning o’zidan qidirish kerak”, deb javob beradilar. Xitoydagi dastlabki falsafiy ta’limotlarda dunyo abadiy va u besh unsur - olov, suv, yer, daraxt va metalldan tashkil topgan, deb uqtiriladi. Eramizdan oldingi VII-VI asrlarda Xitoyda “dao” qonuniga binoan harakat qiluvchi “tsi” elementining mavjudligi haqida fikr yuritilgan. Xitoy mutafakkirlari fikricha, tabiat hodisalari “tsi” moddiy zarralardan tarkib topib “dao” ob’ektiv tabiiy qonuniyatga bo’ysunadi. Xitoyliklarning tabiat hodisalari qonuniyatli asosda taraqqiy qiladi, degan tasavvurlari, dunyo moddiydir, degan ta’limotga bog’liqdir. “Dao” haqidagi ta’limot falsafadagi qonun tushunchasini hosil qilishdagi dastlabki urinishdir. “Daosizm” so’zining o’zi “dao” so’zidan kelib chiqqan bo’lib, “yo’l”, “taraqqiyot”, “dunyo negizi” degan ma’noni bildiradi. Daosizmning asoschisi Lao-tszi bo’lib, u dunyo abadiy harakat va o’zgarishda bo’ladi, deb hisoblagan. Masalan, Lao-tszi bu haqda bunday degan: “Ulug’ dao hamma yoqqa qarab oqadi. U o’ngga ham so’lga ham yoyilgan. U tufayli jami mavjudot tug’iladi, bu mavjudot hamisha o’zgarishda bo’lib bir joyda to’xtab qolmaydi”. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling