Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva


Download 4.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/463
Sana19.10.2023
Hajmi4.43 Mb.
#1709820
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   463
Bog'liq
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX

47
 
va temirdan, qalay va qo’rg’oshindan qurol-aslahalar yasashgan. 
Abu Rayhon Beruniyning “Hindiston” nomli asarida aytilishicha
Hindistonda eramizning birinchi asrlaridayoq, tib, riyozat, ilmi nujum, din, kimyo, 
musiqa, poeziya, tarix, san’at, falsafa kabi ilmlar rivojlangan. 
Ayniqsa noyob tabiatga, saxiy zaminga, ajoyib hayvonot va tabobat olamiga 
boy bo’lgan qadimiy Hindistonda falsafa, badiiy adabiyot o’tmish davrlaridan boshlab 
vujudga kelgan va rivojlangan. “Ramayana”, “Mahobhorat”, “Kalila va Dimna” kabi 
mashhur asarlar shular jumlasidandir. 
Yuksak nafosat va mangu hikmat xazinasi bo’lgan ana shu asarlarda hind 
xalqining urf-odatlari va an’analari, odob-axloqi va madaniyati, dini va tarixi, milliy 
qadriyatlari, ijtimoiy-siyosiy, huquqiy, badiiy, falsafiy, diniy qarashlari o’zining 
yorqin ifodasini topgan. 
Hind madaniyati va falsafasining ana shu bebaho yodgorliklarining har birida aql-
idrok, insof-diyonat, halollik, poklik, mehnatsevarlik, milliy totuvlik, to’g’riso’zlilik, 
va’daga vafo qilish to’g’risida, zulm va zo’ravonlikka, xiyonat va riyokorlikka, 
nafsi buzuqlik va ochko’zlikka, fitnachilik va qalloblikka, xudbinlik va 
munofiqlikka qarshi kurashish zarurligi haqida juda muhim va foydali falsafiy 
g’oyalar, hikmatlar, rivoyatlar, maqol va naqllar bayon etilganki, ular shak-
shubhasiz, ham milliy, ham umuminsoniy ahamiyatga molikdir. 
Hindistonning eramizdan oldingi birinchi ming yilliklaridagi dastlabki 
falsafasini o’rganishda qadimgi hindlarning “Veda” deb ataladigan diniy to’plamlari 
va ikkita katta epik dostoni — “Ramayana” va “Mahobhorat” hamda Abu Rayhon 
Beruniyning “Hindiston” asari muhim ahamiyatga egadir. 
Hindistonning “Veda” deb ataladigan muqaddas kitobining “ma’nosi 
bilmagan narsani bilishdir. Hindlar “Veda” kitobini, oliy tangrining Barohim 
og’zidan aytilgan so’zi, deydilar”
1

“Veda” kitobi Rigveda, Samaveda, Yajurveda va Atxarvaveda deb ataladigan 
to’rt katta bo’limdan iborat. To’rt bo’limdan har birining o’ziga xos o’qish yo’li 

1
Abu Rayxon Beruniy. Tanlangan asarlar. II-Jild.- T.:Fan, 1965.-106-bet. 







Download 4.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   463




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling