Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva


Download 4.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/463
Sana19.10.2023
Hajmi4.43 Mb.
#1709820
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   463
Bog'liq
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX

44
 
hamda dastlabki arifmetika va geometriya fanining paydo bo’lishiga olib kelgan
vaqtni hisoblash zaruriyati taqvim paydo bo’lishiga sabab bo’lgan. Bu esa 
odamlardan astronomiya sohasida ma’lum bilimlarni talab qilgan. Bobilliklar 
Quyosh soatini, Quyosh ko’rsatkichini va kunning 12 bo’lakka bo’linishini azaldan 
bilishgan. Antik davr ma’lumotlariga ko’ra, Bobilda matematika, arifmetika
geometriya, astronomiya bilan bir qatorda tibbiyot, tarix va filologiya, musiqa, 
tasviriy san’at, astrologiya ham sekin-asta kurtak ota boshlagan. 
Qadimgi Sharq xalqlarining madaniyatlari singari Bobil xalqi madaniyati, 
falsafasi, axloqi, urf-odatlari, dunyoqarashi ham asosan diniy g’oyalar bilan 
sug’orilgan. Odamlarda diniy e’tiqod kuchli bo’lgan. Quyosh, Oy, yulduzlar xudo 
hisoblangan, ibodatxonalarda ularga topinganlar. Xalqlarning, davlatlarning, 
hukmdorlar va odamlarning kelgusidagi taqdirini yulduz va sayyoralarning 
vaziyatiga qarab “oldindan aytib berish” qadimgi Mesopotamiya va Bobilda 
astrologiya nomini olgan. 
Bobilliklarning qadimgi madaniyati, diniy e’tiqodlari, falsafiy qarashlari, 
adabiy asarlari, afsona va rivoyatlari nasldan-naslga o’tib SHarqdagi ko’pgina 
xalqlarning madaniy ma’naviy taraqqiyotiga, ijtimoiy-falsafiy fikrlari rivojiga 
o’zining ijobiy ta’sirini ko’rsatgan. 
Misr madaniyati jahon madaniyatining eng qadimgilaridan bo’lib 
hisoblanadi. Qadimgi Misrda ilk madaniy yodgorliklar eramizdan to’rt ming yil 
ilgari vujudga kelgan. Qadimgi Sharq madaniyatining boshqa namunalari singari 
Misr madaniy yodgorliklarining ertak, rivoyat, gimn, duo, didaktik asarlar, 
masal, epos, ishqiy lirika, xullas, xalq donishmandchiligining boshqa turlarida 
ham o’sha davrdagi ijtimoiy muhit, iqtisodiy hayot, tabobat, urf-odatlar, tabiat 
hodisalari, diniy, axloqiy, huquqiy, falsafiy qarashlar garchi yuzaki tarzda 
bo’lsada, o’z ifodasini topgan. 
Qadimgi Misr mifologiyasida hamma narsa suvdan paydo bo’lgan va 
hamma narsada havo bor, deyiladi. Shuning uchun ham misrliklar suvni odamga 
oziq-ovqat beruvchi dastlabki ulug’ ne’mat, deb bilganlar. Suv ularga butun 





Download 4.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   463




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling