Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva
Download 4.43 Mb. Pdf ko'rish
|
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX
21
mazmun kasb etishi mumkin, ana shunday hollarda ular “xudoga muhabbat”, “gunohkorlik, itoatkorlik”, “bandalik tuyg’usi”, “xudo bilan muloqotda bo’lish quvonchi”, “narigi dunyodagi ajrga umid” va hokazolar kechinmalariga aylanadi. Hissiyot tushunchasini ilohiyotchilar inson ongining oliy darajadagi ko’rinishi, oliy axloqiy qadriyat, bilishning ishonchli shakli deb uqtiradi. Diniy dunyoqarashning asosiy yo’nalishlarini ifodalovchi diniy aqidalar dindorlar uchun majburiy hisoblangan, muhokama yuritmasdan ishonish lozim bo’lgan diniy e’tiqod talablarida o’z aksini topgan. Islom dinining aqidalariga muvofiq, sunniylikda shakllangan va diniy an’analarda e’tirof etiladigan aqidalar yoki imon talablari ettita: Ollohning yagonaligiga, farishtalarga, muqaddas kitoblarga, payg’ambarlarga, oxiratga, taqdirning ilohiyligiga va inson o’lgandan keyin qayta tirilishiga ishonish. Shia yo’nalishidagi musulmonlar 5 ta aqidaga: yakka xudo, payg’ambarlik, taqdir, oxirat va imomatga ishonadilar. Har bir dinning, shu jumladan xristian dinining ham o’ziga xos aqidalari mavjuddir. Aqida qaysi dinda, qanday ko’rinishda bo’lmasin, olam hodisalarini mutlaq ilohiy kuch irodasi va ixtiyori bilan bog’lab ko’rsatadi. Diniy dunyoqarashning yana bir tarkibiy qismini diniy sig’inish tashkil etadi. Sig’inish bu odamlarning kundalik hayotda ular ustidan hukmronlik qiluvchi diniy obrazlar shaklidagi ilohiy kuchlarga toat-ibodat qilishidir. Sig’inish kishilar tomonidan yakka jamoa bo’lib bajariladigan ramziy xatti-harakatlarda namoyon bo’ladi. Qurbonlik qilish, xudoyi qilish, Qur’on o’qitish, diniy bayramlarni nishonlash kabilar islom dinida keng tarqalgan marosimlardir. Sig’inish tufayli kishilarning diniy ehtiyojlari qondiriladi. Diniy e’tiqod diniy ongning umumiy belgisi, mezoni bo’lib, u diniy g’oyalar, tasavvurlar, tushunchalar, afsonalarni haqiqiy deb hisoblash hamda ilohiy kuchning mavjudligiga ishonishni o’z ichiga oladi. Diniy dunyoqarashning shakllanishi va rivojlanishida diniy dasturlarning ishlab chiqilishi, shuningdek turlicha diniy bayramlar, marosimlarning o’tkazilishi katta ahamiyat kasb etadi. Din o’zining tantanali bayramlari, har turli marosimlari bilan |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling