Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva
Download 4.43 Mb. Pdf ko'rish
|
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX
18
etiladi. Buning natijasida tabiat kuchlari jonlantiriladi, ularga insondagi xususiyatlar tarqatiladi. Shuning uchun ham u xayolga keng maydon ochib beradi va bu maydonda mifologik tarzda fikr qiluvchi kishi har qanday o’zgarishlar va jasoratlar ko’rsatishi mumkin bo’ladi. Mifologik dunyoqarashda tabiat va jamiyatning, olam va odamning, bir butun borliqning umumiy birligi, ichki va tashqi aloqadorligi, inson ichki dunyosining manzarasi o’zining dastlabki ifodasini topadi. Mifologik dunyoqarashda badiiy dunyoqarashning kurtaklarini ko’rishimiz mumkin, chunki, undagi voqealar badiiy obrazlar yordamida tasvirlangan. Har bir xalqda o’zining o’tmishiga, boy tarixiga, an’analariga, madaniyatiga xos rivoyat va afsonalar mavjud. Ularda shu xalqlarning dastlabki dunyoqarashlari, ma’naviy dunyosi o’z aksini topgan. Bunga misol sifatida yunon afsonalari “Iliada”, “Odisseya”, hindlarning “Ramayana”, karelo-finlarning “Kalevala”, Eron va O’rta Osiyo xalqlarning “Avesto” kabilarini ko’rsatib o’tishimiz joizdir. Mazkur afsonalarda dunyoning kelib chiqishi, uning taraqqiy etish qonuniyatlari, fazo, tabiat, jamiyatdagi narsa va hodisalarning uyg’unligi, bir-biri bilan bog’liqligi, ularning abadiyligi haqida so’z yuritiladi. Ularda olamning kelib chiqishi tajribiy yo’l bilan noma’lum kuch tufayli yaratilgan degan g’oya olg’a suriladi. Ayrim afsonalarda dunyoning o’tkinchi, u muayyan vaqtda yo’q bo’lib ketishi va qaytadan tiklanishi bayon etiladi. Shuningdek, barcha xalqlarning mifologiyasida jamiyat, inson, ularning kelib chiqishi, qiyinchiliklar haqida hikoya qilinadi. Afsonalarda yana bir asosiy mavzusi insonning ma’naviy yutuqlari, jasoratiga bag’ishlangan bo’lib, olov-otashni qo’lga kiritishi, hunarmandchilik, dehqonchilik ishlari tasvirlanadi. Odatda, afsonalarda o’tmish bilan hozirning hamda kelajakning bog’lanishi haqida, ular o’rtasidagi uzviy aloqa qayd qilingan bo’ladi. Afsonalarda ifodalangan voqealar kishilar tomonidan aniq voqea tarzida qabul qilingan, chunki ibtidoiy jamoa kishilarining tushunchalariga ko’ra, ulardan oldingi avlodlar tomonidan dunyoni his qilish va bilish jarayonida to’plangan tajribalar, |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling