Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva


Download 4.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/463
Sana19.10.2023
Hajmi4.43 Mb.
#1709820
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   463
Bog'liq
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX

14
 
Dunyoqarash esa, kishilarning olam va uning o’zgarishi, rivojlanishi haqidagi 
ilmiy, falsafiy, siyosiy, huquqiy, axloqiy, estetik, diniy va hokazo qarashlari va 
tasavvurlari majmuasidan iborat. Demak, dunyoqarash - olam haqidagi yaxlit 
umumiylashtirilgan bilimlar to’plamidir. Kishilar tevarak atrofdagi narsa va 
hodisalar to’g’risida qancha ma’lumotlarga, bilimga ega bo’lsa, ularning 
dunyoqarashi ham shu darajada mukammal va puxta bo’ladi. 
Dunyoqarashning yana bir muhim tomoni shundan iboratki, u insonni 
qurshab turgan voqelikni anglash, tushunish bilan bir qatorda uni baholashi hamdir. 
Ilmiy bilimlar dunyoqarash tarkibiga qo’shilib baholangach, insonning 
tevarak-atrofdagi ijtimoiy va tabiiy reallikda bevosita amaliy yo’l tutish maqsadiga 
xizmat qiladi. Bundan kurinib turibdiki, dunyoqarash insonning dunyodagi o’z o’rni 
va rolini belgilab beradigan, ongli ravishda to’plangan, izohlangan va baholangan 
bilimlar majmuidir. 
Dunyoqarash tarkibiga kishilarning olamni bilish va baholashga oid bo’lgan 
ishonch va e’tiqodlari, maqsadlari, ideallari, orzu-umidlari, ular faoliyatiga ma’lum 
yo’nalish beruvchi barcha qadriyatlar ham kiradi. 
Dunyoqarashning sub’ektini ayrim kishilar, ijtimoiy guruhlar, sinflar, siyosiy 
partiyalar, jamiyatni harakatlantiruvchi turli ommaviy kuchlar, davlatlar tashkil 
etadi. Ular o’z manfaatlaridan kelib chiqib, voqelikdagi jarayonlarga turlicha 
yondashadi, baholaydi va ta’sir ko’rsatadi. 
Shunday qilib, dunyoqarash kishilarda olam haqida yaxlit umumlashtirilgan
bilimlar, g’oyalar turkumini hosil qiladigan, ularni o’z orzu-umidlari, ideallari 
maqsadidan kelib chiqib baholaydigan va shunga qarab hayotdagi o’z o’rnini, amaliy 
faoliyat yo’nalishlarini, maqsadlarini aniqlab olishga imkoniyat beradigan ko’p 
qirrali va sermazmun tushunchadir. 
Dunyoqarash tushunchasi, «dunyoni his qilish», «dunyoni tushunish» 
iboralari bilan uzviy bog’liqdir. Bu bejiz emas, albatta. Olamdagi narsa va hodisalar 
bizning hissiy organlarimiz orqali kishilarda turli-tuman hissiyotlarni, kayfiyatlarni 
yuzaga keltiradi. Ular bizning tafakkurimiz yordamida mujassamlashtiriladi va 





Download 4.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   463




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling