Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva


Download 4.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/463
Sana19.10.2023
Hajmi4.43 Mb.
#1709820
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   463
Bog'liq
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX

16
 
yig’indisi emas. Jamiyatning o’zgarishi bilan bir qatorda u ham doimo rivojlanib
mazmunan o’zgarib turadi. Buni biz o’z jamiyatimiz hayotidan yaqqol ko’rib 
turibmiz. Mustaqillik tufayli endilikda umuminsoniy va milliy qadriyatlarimizga 
asoslangan, hozirgi davr talabiga javob beradigan yangi mafkura yaratilmoqda va 
uning asosida kishilarda yangicha tafakkur, dunyoqarash shakllanib rivojlanmokda. 
Dunyoqarashning doimo o’zgarib rivojlanib turishi esa uning tarixiy turlarining 
almashuvda yaqqol namoyon bo’ladi. 
 
1.3. Mifologik dunyoqarash 
 
Mifologik dunyoqarash (yunoncha-mifos-naql, rivoyat-tushuncha, ta’limot) 
- ijtimoiy taraqqiyotning eng boshlang’ich davriga xos bo’lgan xalq og’zaki ijodi - 
naql va afsonalarda gavdalantirilgan ijtimoiy ongning asosiy shaklidir. 
Mifologik dunyoqarash ilm-fan taraqqiy etmagan vaziyatda keng tarqalgan 
ijtimoiy ongning shakli bo’lib, uning kelib chiqish sababining asosini insonning 
o’zini qurshab turgan olamdan ajralib qarashga ojizligi tashkil etadi. Shuning uchun 
ham mifologik dunyoqarashda jamiyat bilan tabiat, jonli bilan jonsiz narsalar bir xil 
tarzda ifodalanadi. 
Rivoyat, afsonalar tashqi olamni izohlashga qaratilgan bo’lib, unda dunyo 
qanday paydo bo’ldi, uning asosini nima tashkil qiladi, narsa va hodisalarning bir-
biri bilan aloqadorligi va bir-biriga aylanishi haqida so’z yuritiladi. Buni biz 
bushmenlarning oyni paydo bo’lishi haqidagi mifologiyasidan yaqqol ko’rishimiz 
mumkin. Rivoyat qilishlaricha, “yomg’irdan keyin sehrgar gulxan yoqib, oyog’idagi 
namlangan sandalni quritishga qo’yadi. Ko’p o’tmasdan qarasa, bitta sandali batamom 
kuyib kulga aylanib qolibdi, ikkinchisining esa yarmi kuyib bitibdi. Sehrgar zarda 
bilan yarim kuygan sandalini osmonga uloqtirib yuboradi. U esa, fazoga parvoz etib 
osmonda oy bo’lib osilib qolgan emish”. 
Qadimgi Misr mifologiyasida Ra, Shu, Geb, Osiris nomli xudolar nur, havo, 
yer, suvni ifodalaydi. Marhumning qabriga bitilgan yodgorlikda shunday so’zlarni 





Download 4.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   463




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling