13
foydalanish har qanday urushning oldini olish, tabiatni muhofaza etish,
ocharchilikning oldini olish, insoniyatni, uning madaniyatini saqlab qolish, jamiyat
taraqqiyotini oldindan ko’ra bilish va shu kabi masalalar ham falsafaning dolzarb
muammolari hisoblanadi.
Falsafa doirasidagi masalalar hayotdan ajralgan mavhum masalalar emas, balki
ular inson va uning hayotidan kelib chiqadigan dolzarb, umuminsoniy xususiyatga ega
muammolardir. Gegel ta’biri bilan aytganda, falsafa — inson tafakkurida aks etgan
davrdir. Falsafa fani vujudga kelgandan boshlab to hozirgi kungacha ham hayot
yuzaga keltirgan turli-tuman masalalar, insonni avvaldan qiziqtirib kelayotgan
muammolar doimo uning diqqat markazidadir.
Yuqorida aytilgan fikrlardan ko’rinib turibdiki, falsafa fanining predmeti,
muammolari doimo o’zgarib, yangilanib turadi.
Falsafaning vazifasi xilma-xil bo’lib, uning eng muhim xususiyati —
kishilarda olam haqida bir butun dunyoqarashni shakllantirishga qaratilgandir.
Shuningdek, falsafa aniq fanlar vakillarini ilmiy bilishning asosiy shakllari, uslublari
va tamoyillari bilan qurollantiradi.
Falsafa gnoseologik vazifani ham bajaradi, ya’ni tevarak-atrofdagi narsa va
hodisalarni bilishning qonuniyatlarini, bilish jarayonida ob’ekt va sub’ekt
dialektikasini atroflicha ochib beradi.
Falsafa shaxsning ijtimoiy-siyosiy dunyoqarashini shakllantiradi. Shfu bilan
birga u shaxsda jamiyat oldidagi ijtimoiy ma’suliyat hissini uyg’otadi.
Ma’naviy qadriyatlarning ajralmas qismini tashkil etuvchi falsafa fani, o’z
navbatida madaniyat, qadriyatlarining mohiyati, rivojlanish qonuniyatlari, jamiyat
taraqqiyotidagi o’rni, shuningdek, ma’naviy yetuk komil insonlarni tarbiyalashdagi
ahamiyatini atroflicha asoslab beradi. Bu uning tarbiyaviy vazifasini yanada
kuchaytiradi.
1.2. Dunyoqarash tushunchasi va uning xususiyatlari
Falsafa insonning tafakkur madaniyatini, dunyoqarashini shakllantiruvchi fan.
Do'stlaringiz bilan baham: |