Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva
Falsafa fanining predmeti, muammolar doirasi va vazifasi
Download 4.43 Mb. Pdf ko'rish
|
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Falsafa yohud donishmandlikka mehr qo’yish aqlni charxlash demakdir. U baxtli hayotning mohiyatini ochib beradi”. Epikur
1.1.Falsafa fanining predmeti, muammolar doirasi va vazifasi
Fan — inson va jamiyat taraqqiyotida katta ahamiyat kasb etadi. Uning yordamida kishilar voqelikdagi narsa va hodisalarning kelib chiqishi, rivojlanishi haqida xolisona ma’lumotlar to’playdilar, o’z ehtiyojlarini qondirish uchun moddiy va ma’naviy qadriyatlar yaratadilar. Mavjud fanlar o’zining xilma-xilligi bilan ifodalanadi. Shularning ichida eng qadimiysi falsafadir. “Falsafa” atamasi ikkita yunoncha so’zdan (“fileo” — sevaman va “sofia” — donolik) olingan bo’lib, “donolikni sevaman”, degan ma’noni anglatadi. Mazkur fanga bunday nom tasodifan berilgan emas. Falsafa paydo bo’lishi bilan kishilar fikrini band etgan turli-tuman savollarga javob qidirishga harakat qilgan. Xususan, bizni qurshab turgan dunyo qanday paydo bo’lgan, u qanday rivojlanadi? Inson ongi, ruhiyatinint materiyaga, tabiatga munosabati qanday? Inson dunyoni bilishga qodirmi yoki yo’qmi? Jamiyat qanday paydo bo’lgan va uning harakatlantiruvchi kuchlari nimalardan iborat? kabi savollar shular jumlasidandir. Falsafaning e’tibor markazidagi savollarning xilma-xilligi va rang-barangligini e’tiborga olib, yunonlar uni “donolik fani” yoki “donishmandlik” deb ataganlar. Falsafa mavjud narsa va hodisalarning eng umumiy aloqadorligi va rivojlanish qonuniyatlarini, ularning tub mohiyatini bilishga qaratilgan fandir. Bu haqda Forobiyning quyidagi so’zlari alohida e’tiborga sazovordir: “Mavjudot haqidagi bilim “Falsafa yohud donishmandlikka mehr qo’yish aqlni charxlash demakdir. U baxtli hayotning mohiyatini ochib beradi”. Epikur 9 qo’lga kiritilsa, shu haqida ta’lim berilsa, mavjudotdan bo’lgan narsaning zoti bilinsa, narsaning ma’nosi tushunilsa, ishonchli dalil, hujjatlar asosida shu narsa haqida miyada bir turli ishonch va tasavvur paydo bo’lsa, mana shu ma’lumotga doir fanni falsafa deymiz...” 1 . Shuni alohida eslatib o’tish joizki, voqelikning eng umumiy tomonlari, aloqalarini aks ettiruvchi qarashlar falsafiy darajaga ko’tarilishi uchun ular inson tomonidan mavhum tafakkurlash yo’li bilan qayta ishlab, umumlashtirilib, sistemalashtirilgan nazariy g’oyalar tizimini tashkil etishi lozim. Shundagina ular falsafiy dunyoqarashni hosil qiladi. Falsafaning paydo bo’lishi qadimgi Yunonistonda eramizdan avvalgi VI asrga to’g’ri keladi, chunki fanning taraqqiyoti uchun zarur bo’lgan ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy zaminlar aynan ana shu davrda vujudga kelgandi. Har qanday falsafa o’z davrining mahsuli sifatida shu davr ijtimoiy taraqqiyoti ehtiyojlarini ifodalaydi. Shuning uchun insoniyat tarixining turli bosqichlarida turli falsafiy qarashlar mavjud bo’lgan va shunga mos ravishda uning predmeti va vazifalari ham o’zgarib borgan. Dastavval, aniq fanlar mustaqil taraqqiy etmagan paytda, falsafa barcha bilimlarni umumlashtiruvchi, fanlarning fani, “umumiy tizim” vazifasini bajarib kelgan edi. Shu davrning buyuk mutafakkir olimlari Demokrit, Arastu, Xorazmiy, Forobiy, Beruniy, Ibn Sino, Ulug’bek va boshqalar, ayni vaqtda tabiat fanlarining ham asoschilari bo’lganlar. Shuning uchun dastlabki kezlarda falsafa bir butun ta’limot ko’rinishida mavjud bo’lgan edi. Falsafani maxsus bilimlar bilan birlashtirish qadimgi davrga xos xususiyat bo’lgani uchun u tabiat falsafasi, ya’ni «naturfilosofiya» deb ham hisoblangan. U tabiiy fanlar tushunchalariga asoslangan holda tabiatni yaxlit tasvirlab berishga qaratilgan bo’lib, kishilik jamiyatining ilk bosqichida keng taraqqiy etgan mifologik tasavvurlarni siqib chiqarishga asos yaratadi. 1
|
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling