Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva
Download 4.43 Mb. Pdf ko'rish
|
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX
5
Mustaqillikka erishgunimizga qadar, biz olimlar dialektik va tarixiy materializm ta’limotining ta’siri tufayli, falsafaning asosiy vazifasi – dunyoni izohlabgina qolmay, uni qayta qurishdan iborat deb hisobladik. Islom ta’limoti esa aksincha, insonning ichki dunyosini, uning ma’naviy kamolotini takomillashtirishga qaratilgan edi. Shuning uchun ham hanuzgacha u inson qalbida chuqur ildiz otib kelmoqda. Endilikda biz falsafa faniga insonning o’z-o’ziga, uning fikrlash madaniyatini, tafakkurini, ma’naviy dunyosini takomillashtirishga qaratilgan fan deb qaramog’imiz lozim. Falsafaga bunday yondashishning e’tibor markazida inson muammosi turadi deb qarashga imkon beradi. Bundan ko’rinib turibdiki, falsafaning ham, jamiyatimizda ro’y berayotgan demokratik o’zgarishlarning ham asosiy maqsadi inson manfaatlarini ta’minlashga qaratilganligidan dalolatdir. 4. Ma’lumki, Markaziy Osiyo xalqlarining falsafiy dunyoqarashi – o’zining xilma-xilligi va sermazmunligi bilan ajralib turadi. U ko’p qirrali milliy madaniyat, urf-odat, an’analarimizda, axloq-odob, imon-e’tiqod va boshqa olijanob fazilatlarimizda mujassamlashgan. Shunday ekan, yangi davr falsafasida milliy madaniyatimiz, qadriyatimiz, milliy merosimizda, ayniqsa, islom ta’limotidan, undagi qimmatbaho falsafiy fikrlardan unumli foydalanmog’imiz lozim. 5. Davr xalqimiz dunyoqarashini milliy ruhda isloh qilishni qat’iy talab qilmoqda. Yangicha falsafani istiqlol g’oyalari bilan uyg’unlashtirib rivojlantirishimiz darkor. Yangi davr falsafasi - hayotdan ajralib qolgan mavhum nazariy masalalar bilan chegaralanib qolmasdan, balki mustaqil davlatimizni mustahkamlashga oid bo’lgan masalalar bilan shug’ullanishi kerak. Har qanday fanning asosiy vazifasi – jamiyatga xizmat qilishdan, uning oldida turgan muammolarni yechishga ko’mak berishdan iboratdir. Mustaqillik sharoitida xalqimizning iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, madaniy- ma’naviy hayotida ro’y berayotgan tub o’zgarishlar va ularning falsafiy jihatlari, milliy va millatlararo munosabatlar, ijtimoiy ziddiyatlarning kelib chiqishi va ularni bartaraf etish shakllari, insonning huquq va erkinliklarini ta’minlash, inson |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling