Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva


Download 4.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/463
Sana19.10.2023
Hajmi4.43 Mb.
#1709820
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   463
Bog'liq
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX

6
 
va insoniyat taqdirining mushtarakligi, hozirgi davrda butun insoniyatga daxldor 
bo’lgan umumbashariy muammolar shular jumlasidandir.
Ana shundagina falsafa fani yosh avlodni barkamol va fidoyi inson qilib 
tarbiyalashda qudratli ma’naviy kuchga aylanadi.
Zero, “bizning eng katta 
boyligimiz – bu xalqimizning ulkan intellektual va ma’naviy salohiyatidir”
1
.
Hozirgi zamon ilmiy-texnika inqilobi natijasida fan mavjud olamning eng 
murakkab sohalariga tobora chuqur kirib bormoqda. Shuning uchun ham xususiy 
fan vakillari oldida falsafiy dunyoqarashni ijodiy egallash vazifasi ko’ndalang bo’lib 
turibdi. O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimov ta’biri bilan 
aytganda, “Falsafa barcha fanlarning otasi. Falsafani bilmaydigan odam - 
meditsina yoki ta’lim, san’at yoki madaniyat sohasi vakili bo’ladimi, bundan qat’iy 
nazar - hayotning, o’z kasbining ma’no mazmunini yaxshi tushunmaydi. Misol 
uchun, tarixni tahlil qilish uchun har bir voqea va jarayonga falsafiy qarash, ularni 
umumlashtirgan holda zarur xulosalar chiqara olish kerak. Shu bois tarixchi bo’lish 
uchun falsafiy tafakkur qobiliyatiga ega bo’lish darkor”. “Dunyoni anglash, hayot 
va jamiyat qonuniyatlarini har tomonlama idrok etish, yer yuzidagi turli xalqlar va 
millatlar dunyoqarashi, g’oyasi, maslak-muddaolarini bilish uchun ham falsafa 
fanini keng va atroflicha o’rganish darkor. Bir so’z bilan aytganda, yoshlarimizni 
falsafiy tafakkur bilan qurollantirish davr talabi”
2
 
“Yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma’naviy 
salohiyatga ega bo’lib, dunyo miqyosida o’z tengdoshlariga hech qaysi sohada 
bo’sh kelmaydigan insonlar bo’lib kamol topishi, baxtli bo’lishi”
3
da boshqa fanlar 
qatori falsafaning ham o’rni kattadir. Shuningdek, “innovatsion va texnologik 
g’oyalarni har tomonlama rivojlantirish hamda qo’llab-quvvatlash uchun zarur 

1
Mirziyoev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik O’zbekiston davlatini mard va olijanob xalqimiz 


bilan quramiz. Sh.Mirziyoevning O’zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish 
tantanali marosimiga bag’ishlangan Oliy Majlis palatalarining qo’shma majlisidagi nutqi // 
“Xalq so’zi”, 2016 yil 15 dekabr. 
2
Karimov I.A. Yoshlarga ishonch bildirish, ularning tashabbus va salohiyatini ro’yobga 
chiqarish-bugungi kunning ustuvor vazifasidir // Inson, uning huquq va erkinliklari- oliy 
qadriyat.14-Jild.-T.:“O’zbekiston”, 2006. -117-118-betlar. 
3
O’sha joyda. -118-bet. 





Download 4.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   463




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling