509
ishlatiladi.
Falsafa — (yunoncha «fileo» — sevaman va «sofia» —donolik) donolikni
sevaman. Tabiat, jamiyat, inson, uning tafakkurida
amal qiluvchi eng umumiy
qonunlarni o’rganuvchi fandir
Fan — ilmiy bilimlar tizimidir. Fan o’zining ilmiy tushuncha uslublari va
metodologiyasiga ega bo’lgan, olamni bilish va o’zlashtirishning maxsus usuli, ilmiy
bilimlar tizimidir. SHuningdek, fan ijtimoiy ong shakllaridan biridir.
Fenomenologiya — «Sof ong» falsafaning predmetini
tashkil etadi deb
hisoblovchi falsafiy oqim.
Futuvvat — tasavvuf tariqatining bir bo’lagi.
Xx
Xavfsizlik — biror davlatga yoki kimsaga xavf tug’dirmaslik, osoyishtalik
holati
Haqiqat —
kishilarning tasavvur, tushunchalarining ob’ektiv olamga mos
kelishi.
Harakat — borliqning atributlari ichida uning
asosiy mavjudlik usulini
ifoda etuvchi xususiyatidir. Harakat
— narsa va hodisalarning har qanday
o’zgarishlarini ifodalovchi tushunchadir. Chunki borliq harakatsiz o’zining
strukturaviy yaxlitligini saqlay olmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: