507
mohiyatdir. Olamning asosida bitta mohiyat — substantsiya yotadi, deb hisoblovchi
ta’limotni monizm deb atashadi. Faylasuflar substantsiya sifatida biror jismni,
hodisani, materiyani, g’oyani yoki ruhni olishgan.
Suqrot (eramizdan oldingi 469-399 yillar.) (asli — Sokrat) — qadimgi
YUnon faylasufi. «Afinaning ijtimoiy hayotida faol ishtirok etgan, yoshlar tarbiyasi
bilan shug’ullangan,
hurfikrli inson, kambag’aldan chiqqan, tosh yo’nuvchining
o’g’li, o’ta bilimdon kishi sifatida mashhur bo’lgan.
Sunna - hadislar majmui bo’lib, Qur’ondan keyin turadi va uni to’ldiradi.
Unda Muhammad payg’ambarning so’zlari, xatti-harakatlari naqllar va hadis sh
aklida jamlangan.
Sxolastika - so’zi yunoncha «shkola»dan («shola») olingan bo’lib, «o’qish
joyi»,»maktab» ma’nolarini anglatadi. Buyuk Karl saroyida o’qituvchilik
qilganlarni, yoki umuman saroy maktabidagi o’qituvchilarni sxolastlar deb
ataganlar. SHuningdek, dinni o’rganishda falsafani tatbiq qilgan o’rta asr olimlarini
ham sxolastlar deb ataganlar. Sxolastikani ma’lum
darajada ilohiyotni aqlga
moslashtirish, dinni tafakkur yordamida quvvatlashga bo’lgan intilish deb ham
baholash mumkin.
Stsientizm (lot scientia — fan) ya’ni fan mavjud barcha ijtimoiy
muammolarni hal etishi mumkinligini ilm-fan taraqqiyotining
doimiy ijobiyligini
asoslovchi falsafiy dunyoqarash. Stsientizm g’oyalari, neopozitivizm, texnologik
determinizm kabi ta’limotlarning asosini tashkil etadi
Do'stlaringiz bilan baham: