Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti r. R. Ibraimov, D. А. Davronbekov, M. O. Sultonova, E. B. Tashmanov, U. T. Aliyev «simsiz aloqa tizimlari va dasturlari»


Download 3.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/114
Sana28.10.2023
Hajmi3.49 Mb.
#1732208
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   114
Bitlarni aks ettirish
 
Demulti-
pleksor
 
Impulsni 
kengaytirish
 
Impulsni 
kengaytirish
 
Маvhum 
qism
 
Haqiqiy qism
 


59 
nuqtadan (–1,+1) nuqtaga radiosignal fazasini +45° qiymatdan +135° 
qiymatga o‘tishini xarakterlaydigan ko‘rsatkichni o‘tkazish mumkin. 
Bunday diagrammaning foydaliligini quyidagi misolda ko‘rsatish 
mumkin. 1.34-rasmdan ko‘rinib turibdiki, to‘rtta fazaviy traektoriyalar 
koordinatalar boshi orqali o‘tadi. Masalan, signallar turkumi (+1,+1) 
nuqtasidan (–1, –1) nuqtaga o‘tish yuqori chastotali tashuvchi 
tebranish oniy fazasini 180°ga o‘zgarishini bildiradi. Modulyator 
chiqishida odatda tor polosali yuqori chastotali filtr o‘rnatiladi, u 
holda signal fazasini bunday o‘zgartirilishi bu filtrning chiqishida, 
demak butun uzatish liniyasida signaning og‘masi qiymatlarining 
sezilarli o‘zgarishi bilan bo‘ladi. Raqamli uzatish tizimlarida 
radiosignalning og‘ma qiymatlarining o‘zgarmas emasligi ko‘p 
sabablarga ko‘ra kerak emas hisoblanadi. 
Ko‘rinib turibdiki, FM-4 chastotalar resurslaridan foydalanish 
nisbatida FM-2ga qaraganda 2 martta tejamli, chunki o‘sha shakldagi, 
lekin jo‘natmaning ikki karrali cho‘zilishi hisobiga ikki marttaga 
toraytirilgan spektrga ega bo‘ladi. Ta’kidlash kerakki, ko‘rsatilgan 
yutuqqa 
qabul 
qilish 
halqitbardoshligini 
yomonlashtirmasdan 
erishilgan. Aslida FM-2da jo‘natma energiyasi Ebga teng bo‘lsin, u 
holda jo‘natmalarni xato qabul qilinishi ehtimolligini aniqlaydigan 
qarama – qarshi jo‘natmalar rasidagi evklid masofasi (geometrik 
uzunlikdagi qarama-qarshi vektorlarni beradigan) 
ni tashkil etadi 
(1.35a-rasm). 
FM-4da to‘rtta jo‘natmalarga 
uzunliklardagi to‘rtta 
biortogonal vektorlar mos keladi (1.35b- rasm) va o‘zgamas quvvatda 
E
q
jo‘natma energiyasi BFMdagiga qaraganda uzunlikning ikki martta 
oshishi hisobiga E
q

ikki martta ortadi. Bunda jo‘natmalarni 
xato qabul qilish ehtimolliklaridan eng kattasini aniqlaydigan qo‘shni 
vektorlar orasidagi masofa oldingidek 
qoladi, bu FM-
2dan FM-4ga o‘tishda qabul qilish halaqitbardoshligining qandaydir 
sezilarli yomonlashishi bo‘lmasligini bildiradi. 
Rasmlardan ko‘rinib turibdiki, jo‘natmaning davomiyligini 
keyingi oshirilishida ma’lumotlarni uzatilish tezligini saqlash talabi 
qo‘shni vektorlarning yaqinlashishiga olib keladi. Jo‘natmaning 
davomiyligini tezlikni kamaytirmasdan uch martta oshirilishi bitta 
jo‘natma orqali sakkizta xabarlarni uzatilishini bildiradi, ya’ni BFMga 
qaraganda jo‘natma energiyasining uch martta oshirilishi qo‘shni 


60 
kanallar orasidagi burchakni 45°gacha kamaytirilishi (1.35v- rasm), 
ya’ni minimal evklidlarni 
masofagacha kamaytirish bilan 
kompensatsiyalanadi. 
1.35- rasm. Fazaviy manipulyatsiyalashni geometrik talqin etish 

Shunday qilib, polosadagi uch marttalik yutuq 3,5 dB tartibdagi 
energetik yo‘qotishlar bahosiga (vektorlarning yaqinlashishini 
kompensatsiyalaydigan va xatolik ehtimolligini oldingi darajagacha 
kaytiradigan energiyaning ortishi aynan shunday bo‘lishi kerak) 
olinadi. Bunday usulda spektral samaradorlikni keyingi oshirish 
energiya sarflari maqsadlarida befoyda bo‘lib qoladi. Polosadagi
M-karrali yutuq 2M-lik FMda quyidagicha energetik yutqazishli 
bo‘ladi: 
martta 
Prinsip jihatdan signallar vektorlari orasidagi minimal masofani 
maksimallashtiradigan 
tekislikda 
signallar 
vektorlarini 
optimallashtirish hisobiga aytib o‘tilgan energetik yo‘qotishlarni 
ma’lum kamaytirish imkoniyati mavjud. Bunda vektorlar bir xil 
bo‘lmagan uzunlikka ega bo‘ladi, ya’ni fazaviy manipulyatsiyalash 
parallel ravishda amplitudaviy manipulyatsiyalash bilan to‘ldiriladi. 
Amplitudaviy-fazaviy 
va 
kvadraturali 
amplitudaviy 
manipulyatsiyalash (AFM va KAM) nomlari bilan ma’lum bo‘lgan 
bunday usullar telekommunikatsion tarmoqlarda (kabelli, radioreleli 
aloqa va h.k.) keng tarqalgan. Lekin simsiz mobil telefoniya 
tizimlarining o‘ziga xosligi portativ terminalning avtonom ishlashi 


61 
muddatini (zaryadlamasdan yoki batareyalarni almashtirmasdan) 
uzaytiradigan va uning hajm-og‘irlik xarakteristiklarini tijorat o‘ziga 
tortishiga ko‘maklashadigan samarali energiya tejamorligining juda 
muhimligidan iborat. Bu sabablarga ko‘ra, ko‘p karrali FM (16 va 
undan ortiq fazalar sonili) AFM va KAM bilan bir qatorda mobil 
aloqa tizimlari radiointerfeyslarida ishlatilmaydi va faqat sakkiz 
darajali FM (8-PSK) ma’lumotlar tezligini oshirish maqsadida EDGE 
spetsifikatsiyasi doirasida ikkinchi avlod tizimlari uchun tavsiya 
etilgan. Lekin sotali radioaloqa uchinchi va to‘rtinchi avlodlari 
tizimlari uchun uzatish tezliklariga ortgan talablar tufyli yuqoriroq 
tartibli FMni ishlatishga to‘g‘ri keladi. 

Download 3.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling