Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti r. R. Ibraimov, D. А. Davronbekov, M. O. Sultonova, E. B. Tashmanov, U. T. Aliyev «simsiz aloqa tizimlari va dasturlari»


Download 3.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/114
Sana28.10.2023
Hajmi3.49 Mb.
#1732208
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   114
 
 


145 
Nazorat savollari 
1. Raqamli RRLlarning tasniflanishi va qo‘llanilishi sohalarini 
keltiring. 
2. Bir yo‘nalishli radioreleli aloqaning tuzilish sxemasini keltiring va 
tushuntiring. 
3. RRL oxirgi, oraliq va tugun stansiyalarining tuzilish sxemalarini 
keltiring va tushuntiring. 
4. SYATlar qanday tasniflanadi va qanday asosiy ko‘rsatkichlari 
mavjud? 
5. ESY 
qaysi 
orbitalarda 
ishlatiladi 
va 
ularning 
asosiy 
xarakateristikalarini keltiring. 
6. Qayd etilgan sun’iy yo‘ldoshli aloqa deganda nima tushuniladi? 
7. Harakatdagi sun’iy yo‘ldoshli aloqani tushuntiring. 
8. VSAT tizimi deganda nima tushuniladi? 
9. Sun’iy yo‘ldosh navigatsiya qanday tashkil etiladi? 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


146 
4- Bob. SIMSIZ KENG POLOSALI ULANISH 
TEXNOLOGIYALARI 
 
4.1. Wi-Fi (IEEE 802.11) standarti 
 
 
Wi-Fi qisqartmasi inglizcha «Wireless Fidelity» so‘zidan kelib 
chiqadi, u “simsiz aniqlik” ma’nosini bildiradi. Bu nom ancha oldin 
muomalaga kirgan Hi-Fi (Hi Fidelity) atamasiga o‘xshash 
ma’lumotlarni simsiz uzatish texnologiyasiga berilgan. Odatiy kabelli 
tarmoqlardan farqli ravishda WLAN (Wireless Local Area Network) 
simsiz aloqa tarmoqlarida ma’lumotlarni uzatish uchun yuqori 
chastotali radioto‘lqinlar ishlatiladi. Wi-Fi ostida ko‘zda tutiladigan 
IEEE 802.11standartlari oilasi bir necha 802.11a, 802.11b va 802.11g 
varintlarni o‘z ichiga oladi, ulardan har biri ma’lumotlarni uzatish 
tezliklari bilan farqlanadi [2,19,20]. 
Wi-Fi texnologiyasi 90-yillardan boshlangan. 1999 yilda 
802.11b standartni ishlab chiqish yakunlandi, 2000 yilda esa simsiz 
aloqa uchun birinchi qurilmalar paydo bo‘la boshladi. Wi-Fi 
korporativ kabelli tarmoqlarga muqobil – oddiy va harajatlar bo‘yicha 
tejamli texnologiya sifatida o‘ylangan, chunki kabelni yotqizilishini 
talab qilmaydi, lekin samaradorligi kam emas. Lekin Wi-Fining 
imkoniyatlar 
korporativ 
foydalanuvchilarni 
oddiy 
tarmoqqa 
bilashtirishga qaraganda ancha keng. Shuning uchun bu texnologiyani 
qo‘llaydigan qurilmalarning paydo bo‘lishi bilan jamoat joylari - 
aeroportlar, mehmonxonalar, kafe va restoranlarda tezkor ulanish 
nuqtalari (yoki «xot-spotlar») ham paydo bo‘ldi va bu bilan 
foydalanuvchilar uchun yangi imkoniyatlar – qayd etilgan ish joyiga 
bog‘liq bo‘lmasdan Internetga ulanishni ochdi. 
Wi-Fi texnologiyasi yordamida xuddi ajratilgan liniya 
yordamida ulanganidek Internetdan foydalanish mumkin. Yagona 
farq, endi qayd etilgan ish joyiga bog‘liq bo‘lmasdan Internetda 
ishlash bilan birga erkin harakatlanish mumkin. 

Download 3.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling