Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti r. R. Ibraimov, D. А. Davronbekov, M. O. Sultonova, E. B. Tashmanov, U. T. Aliyev «simsiz aloqa tizimlari va dasturlari»


Bazaviy stansiyadan abonentlar qurilmalariga


Download 3.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/114
Sana28.10.2023
Hajmi3.49 Mb.
#1732208
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   114
Bazaviy stansiyadan abonentlar qurilmalariga trafikni uzatish
(chiquvchi yo‘nalish deyiladigan downlink) bitta sektorning barcha 
abonentlar qurilmalari uchun yagona oqimdagi vaqt bo‘yicha dupleks 


157 
(TDD) 
rejimida 
olib 
boriladi. 
Uzatkich 
randomizatsiyalash, 
halaqitbardosh kodlash va QPSK, 16 QAM va 64 QAM (oxirgi 
variant bazaviy stansiyalar uchun opsiya sifatida ko‘zda tutilgan) 
algoritmlariga muvofiq modulyatsiyalashni amalga oshiradi. 
4.1- jadval 
802.16 va 802.16a standartlarining texnik xarakteristikalari 
802.16 
802.16a 
Diapazon 
10 - 66 GGs 
2 - 11 GGs 
Ishlash sharoitlari 
Faqat to‘g‘ri 
ko‘rinish 
Yaqin zonadagi abonentlar 
uchun to‘g‘ri bo‘lmagan 
ko‘rinishda ishlash 
imkoniyati 
Tezlik 
32,0 - 134,4 
Mbit/s 
1,0 - 75,0 Mbit/s 
Modulyatsiyalash 
QPSK, 16 QAM, 
64 QAM 
Bitta nimtashuvchi 
QPSK, 16 QAM, 64 QAM 
(256 QAM) 
Bitta nimtashuvchi 
OFDM 256 ta 
nimtashuvchi 
OFDMA 2048 ta 
nimtashuvchi 
Dupleks rejim 
TDD/FDD 
TDD/FDD 
Chastotalar 
polosasi 
20, 25 va 28 MGs 
1,25 dan 20 MGsgacha 
Sotaning radiusi 
Namunaviy: 
2 - 5 km 
Namunaviy: 4 - 6 km 
Modulyatsiyalash. 10 - 66 GGs chastotalar diapazonidagi 
radioto‘lqinlarni tarqalishining o‘ziga xos xususiyatlari to‘g‘ri 
ko‘rinish sharoitlari bilan tizimlarning ishlash imkoniyatlarini 
cheklaydi. Namunaviy shahar muhitida bu bazaviy stansiyadan ishchi 
masofada bo‘lgan abonentlarning deyarli yarimini bog‘lashga imkon 
beradi. Qolgan 50 foiz abonentlar uchun to‘g‘ri ko‘rinish bo‘lmaydi. 


158 
Shunga ko‘ra, IEEE instituti 802.16 standartga to‘ldirishni ishlab 
chiqdi, u 2-11 GGs chastotalarga tegishli bo‘ldi va bir chastotali 
uzatishdan (Single Carrier, SC) tashqari, ortogonal chastotaviy 
multiplekslash (Orthogonal Frequency Division Multiplexing, OFDM) 
va bunday multiplekslash asosidagi ko‘p tomonlama ulanishni (OFD 
Multiple Access, OFDMA) ko‘zda tutdi. 
OFDM rejimida 256 ta nimtashuvchilarni bir vaqtda uzatilishiga 
ruxsat etiladi. Elementar simvolning uzunligini oshirish hisobiga 
(taxminan shuncha marta) bir vaqtda to‘g‘ri va to‘siqlardan qaytgan 
signallarni qabul qilish yoki umuman bazaviy stansiya to‘g‘ri 
ko‘rinish chegaralaridan tashqaridagi faqat qaytgan signallarda ishlash 
mumkin.
Xavfsizlik. IEEE 802.16 standartida har bir abonentlar 
kompleksi X.509 raqamli sertifikat bilan imzolangan, u ishlab 
chiqaruvchi tomonidan qurilmaga “tiqilgan” va hatto sertifikatning 10 
yillik amal qilish muddati tugaganidan keyin ham o‘zgartirilishi 
mumkin emas. Raqamli imzo asosida bazaviy stansiyada abonentlar 
kompleksini autentifikatsiyalash bo‘lib o‘tadi, bunda bazaviy va 
abonentlar stansiyalari shifrlangan kalitlar bilan almashadi va xavfsiz 
(shifrlangan) bog‘lanishni o‘rnatadi. Shifrlash uchun kalitlar to‘plami 
va 3-DES algoritmning o‘zi hatto qo‘lga kiritishda ochilishning 
murakkabligini ta’minlaydi. Trafikni shifrlash mexanizmi har bir 
virual bog‘lanish uchun bir vaqtda ikkita kalit bilan ishlaydi, bu 
paketlarni yo‘qotilishi mumkin bo‘lgan muhitda sinxronlashtirishni
bir-birlarini qoplaydigan kalitlar hayoti vaqtlari esa bog‘lanishning 
ishonchliligini ta’minlaydi. 

Download 3.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling