Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti r. R. Ibraimov, D. А. Davronbekov, M. O. Sultonova, E. B. Tashmanov, U. T. Aliyev «simsiz aloqa tizimlari va dasturlari»


Download 3.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/114
Sana28.10.2023
Hajmi3.49 Mb.
#1732208
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   114
802.16 
standartining 
rivojlanishi 
va 
uning 
qisqa 
xarakteristikasi. 2001 yilning dekabrida qabul qilingan standartning 
dastlabki versiyasi 10 - 66 GGs chastotlar diapazonini qamrab oladi va 
bitta tashuvchi chatotada (Single Carrier, SC) modulyatsiyalashni 
ko‘zda tutadi. Lekin 2003 yilning yanvarida standartga 802.16a 
to‘ldirish qabul qilingan bo‘lib, u 2 - 11 GGs diapazonlardagi shahar 
tarmoqlari uchun KPSU qurilmalariga mo‘jallandi. Bitta tashuvchida 
modulyatsiyalashdan tashqari, murakkabroq modulyatsiyalash turi – 
ortogonal chastotaviy multiplekslashdan (Orthogonal Frequency 
Division Multiplexing, OFDM) foydalanishga ruxsat etiladi. 802.16a 
qurilmalari ADSL- va kabelli modemlar bilan muvaffaqiyatli 
raqobatlashisha olishi ko‘zda tutiladi. Bunday tizimlarni qurish arzon 
tushishi kerak, chunki simlarga zarurat yo‘qoladi. 
802.16 standartining yangi versiyasi 2004 yilning 24 iyunida 
qabul qilingan. U oldingi versiyaning nomini oldi va IEEE 802.16 – 
2004 nomi ostida e’lon qilindi. Keyin yangi IEEE 802.16e to‘ldirish 
ishlab chiqildi, u mobil qurilmalar qo‘llab-quvvatlanadigan 802.16 
standarti qurilmalarini ta’minlashga chiqarildi. 
Sinab ko‘rilgan OFDM texnologiya yaxshi natijalarni ko‘rsatdi. 
Yangi texnologiyalarning o‘ziga tortishi shundan iboratki, ular zich 
shahar qurilishlari sharoitlarida, ya’ni yirik shaharlar va atrofida 
KPSU bozori eng tez rivojlanayotgan boshqa millionlab aholili 
shaharlar ichida foydalanishga mo‘ljallangan 802.16 standarti va 
uning 802.16a kengaytmasining asosiy texnik xarakteristikalari 
keltirilgan.
Abonentlar qurilmalaridan bazaviy stansiyaga trafikni uzatish
(kiruvchi yo‘nalish deyiladigan uplink) ko‘p stansiyali ulanishning 
ikkita DAMA (so‘rov bo‘yicha ulanish) va TDMA (kanallar vaqt 
bo‘yicha ajratiladigan ulanish) usullari kombinatsiyasiga asoslanadi. 
Fizik daraja paketlari tuzilmasi MAC-daraja paketining o‘zgaruvchan 
uzunligini qo‘llaydi. Uzatkich randomizatsiyalash, halaqitbardosh 
kodlash va QPSK, 16 QAM va 64 QAM (oxirgi ikkita 
modulyatsiyalash usullari opsiyalar sifatida ko‘zda tutilgan) 
algoritmlari bo‘yicha modulyatsiyalashni amalga oshiradi. 

Download 3.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling