Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti r. R. Ibraimov, D. А. Davronbekov, M. O. Sultonova, E. B. Tashmanov, U. T. Aliyev «simsiz aloqa tizimlari va dasturlari»


Televizion signallarni uzatish standartlari. Yevropa va


Download 3.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet88/114
Sana28.10.2023
Hajmi3.49 Mb.
#1732208
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   114
Televizion signallarni uzatish standartlari. Yevropa va 
O‘zRda qabul qilingan DVB standarti bu kabelli DVB-C (cable), 
sun’iy yo‘ldoshli DVB-S (satellite) va yer usti DVB-T (terrestrial) 
uzatishni qamrab olgan spetsifikatsiyalar to‘plami hisoblanadi.
DVB-T dagi agoritm eng murakkab algoritm hisoblanadi, chunki 
ishlash sharoitlari va uzatishga talablar yer usti uzatishda eng qat’iy 
hisoblanadi. 
Koderning kirishiga MPEG-2 (MPEG-4) transport oqimlari 188 
baytdan keladi, keyin ular ikkili psevdo-tasodifiy ketma-ketlik 
(generator — 15-razryadli surish registri) bilan 2 modul bo‘yicha 
qo‘shish orqali randomizatsiyalanadi. Randomizatsiyalanganidan 
keyin paketlar Rid-Solomon kodi bilan himoyalanadi, buning 
natijasida 188 baytga 16 tekshirish baytlari qo‘shiladi. Keyin ichki 
o‘rama kodlash keladi. 
COFDM (Coded Orthogonal Frequency-Division Multiplexing) 
standartda modulyatsiyalash – signal oldindan kodlanadigan ortogonal 
tashuvchilar orqali multiplekslash varianti ishlatilgan. OFDM 
modulyatsiyalashda butun uzatish kanali diapazoni (Evropada 8 MGs) 
ko‘plab ortogonal nimtashuvchilarga bo‘linishini ko‘zda tutadi. 
Ma’lumotlar oqimi N suboqimlarga bo‘linadi, ulardan har birining 
tashuvchisi ancha past tezlikda modulyatsiyalanadi. 
DVBda bitta kanalda (Evropada qabul qilingan TV kanalning 8 
MGs kengligida) 8 mingtagacha tashuvchilar (8 x 1024 — 8192 yoki 
8K qayta ishlash algoritmlarining talablarini hisobga olganda) bo‘lishi 
mumkin. Real 1705 ta (2K COFDM rejimi) yoki 6817 ta (8K rejimi) 
tashuvchilar ishlatiladi. Har bir tashuvchi 4-pozitsion kvadraturali 
fazaviy manipulyatsiyalash (QPSK) yoki 16- va 64-pozitsion kvadra-
turali 
amplitudaviy 
modulyatsiyalash 
(QAM) 
orqali 
modulyatsiyalanadi. Mos ravishda har bir tashuvchiga bitta 
modulyatsion simvol 2 dan 4 gacha bitlarni aniqlaydi. 
Qabullagichda signal demultiplekslanadi va dekodlanadi. Buning 
uchun 
uzatkichning 
algoritmlariga 
qo‘shimcha korrelyasion 
detektorlar, Viterbi algoritmli dekoderlar va boshqalar ishlatiladi. 
MPEG-2 (MPEG-4) transport paketlarini ham dekodlash va televizor 
turiga bog‘liq ravishda raqamli yoki analog signalni shallantirishi 
kerak. Shuning uchun RTV-qabullagich bu yetarlicha murakkab 
dasturiy-apparatli kompleks hisoblanadi va faqat so‘nggi yillardagi 
texnologik yutuqlar uni ommaviy ishlab chiqarishda uncha qimmat 
bo‘lmasligiga imkon bermoqda. 


171 
O‘zbekistonda kabelli DVB-C (cable), sun’iy yo‘ldoshli DVB-S 
(satellite), yer usti DVB-T (terrestrial) va sotali DVB-N uzatishni 
qamrab olgan DVB standarti spetsifikatsiyalar to‘plami qabul 
qilingan. Ma’lumki, 625 ta satrlardagi yuqori ruxsat etish bilan 
xarakterlanadigan DVB-T tarqoq yoyishni ishlatadi, bunda yarim 
kadrlarning chastotasi 50 Gsni tashkil etiadi. DVB-T gorizontal va 
vertikal bo‘yicha ikkilangan ruxsat etishni (bazaviyga nisbatan) 
ta’minlashi, shuningdek 16:9 tomonlar nisbatili tasvirlarni uzatishi 
mumkin. DVB-T audiosignalni uzatish uchun MUSICAM satndartini 
ishlatish bilan Dolby Digital AC-3 formatdagi ovozni ta’minlaydi. 
Shuningdek DVB-T standartining asosiy afzalliklaridan biri 
signalning qabul qilish barqarorligi va uning signallarning boshqa 
qayta qaytishlariga sezgir emasligi hioblanadi. Respublikada
2011 yilning dekabrida HD yuqori aniqlikdagi televideniyeni sinov 
ishlatilishi ishga tushirildi. 

Download 3.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling