Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti m. A. Raxmatullayev, B. I. Ganiyeva


Download 1.96 Mb.
bet77/116
Sana06.11.2023
Hajmi1.96 Mb.
#1750219
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   116
Bog'liq
JAHON-AXBOROTRESURSLARI

3.Kaliforniya raqamli kutubxonasi
Kaliforniya raqamli kutubxonasi – elektron axborot resurslariga ega bo‘lishning maxsus maqsadlari uchun Kaliforniya universitetlari kutubxonalaridan shakllantirilgan konsorsiumdir. Bu «hamkorlikdagi yoki umumiy kutubxona» deb ataluvchi o‘ziga xos kutubxona. Bu Kaliforniyaning o‘ntacha universitet shaharchalarining «hamkorlikdagi yoki umumlashgan kutubxona»si deb ataluvchi kutubxonaning maqsadi ko‘p miqdordagi foydalanuvchilar uchun katta hajmli elektron axborot resurslaridan foydalanish imkoniyatini kengaytirish hisoblanadi. Boshqaruv tuzilmasi Kaliforniya universitetiga qattiq biriktirilgan va universitet kutubxonachisi uning ijrochi direktori hisoblanadi. Bu keltirilgan model kutubxonalarning yetakchi kutubxona misol uchun milliy kutubxona atrofida birlashgan namuna bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Bu haqdagi to‘liq ma’lumotni http://www.cdlib.org web sahifasidan olish mumkin.
4.JISC. JISC – bu Buyuk Britaniyaning Oliy ta’limni moliyalashtirish bo‘yicha Kengashlarning Birlashgan Axborot sistemasi qo‘mitasidir. JISC asosan Buyuk Britaniya akademik kutubxonalari uchun NESLI, Milliy Litsenziya elektron tashabbuslari orqali jurnallarni olish bilan birga barcha turdagi elektron ma’lumotlar bazasini sotib olishga qaratilgandir. JISC kam sonli shtatga ega bo‘lib, Buyuk Britaniya universitetlari xodimlarining ko‘ngilli ravishda yordam berishlariga asoslangan. Qo‘mita formal tuzilishga ega va JISC Buyuk Britaniyaning ichki milliy akademik tuzilishiga taalluqlidir. Bu nuqtayi nazardan u hukumat agentligi, ammo ayrim hollarda akademik birlashmalarning yordamisiz ham nimalarnidir qilish imkoniyatiga ega.
Bu haqdagi to‘liq ma’lumotni http: //www.jisc.ac.uk web sahifasidan olish mumkin.
5.BIBSAM. BIBSAM – Milliy Koordinatsiya va Taraqqiyot uchun Shved qirolligi kutubxonasi bo‘limi hisoblanadi va hukumat tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan konsorsiumning eng yaxshi namunasi bo‘ladi. Konsorsiumga birlashishga tayyor turgan 71 kutubxona va litsenziyalashning faol elektron dasturini ham o‘z ichiga oluvchi bir qator xizmatlarni bajaradigan 10 kishidan iborat BIBSAM shtati mavjuddir. Muvaffaqiyatlarga hukumat jamg‘armalaridan moliyaviy qo‘llash bilan milliy tuzilma orqali erishilgan.
Bu haqdagi to‘liq ma’lumotlarni http://www.kb.se/bibsam/english/first.htm sahifasidan olish mumkin.

Download 1.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling