Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti m. A. Raxmatullayev, B. I. Ganiyeva


Download 1.96 Mb.
bet80/116
Sana06.11.2023
Hajmi1.96 Mb.
#1750219
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   116
Bog'liq
JAHON-AXBOROTRESURSLARI

Maqsad va vazifalari
1-maqsad. Milliy konsorsium a’zolari boshqaradigan va o‘z-o‘zini boshqaradigan xususiy tizimli hayotiy, mustaqil va o‘z-o‘zini moliyalovchi global tashkilot sifatida EIFL tarmog‘ini yaratish. Maqsad quyidagilarni o‘z ichiga oladi: bosqichma-bosqich OJI fondi ko‘magidan mustaqil tashkilot darajasiga o‘tish; boshqarishning samarali tarkibini yaratish; konsorsium a’zolari bilan aloqa infrastrukturasini ishlab chiqish; hamkorlikning strategik asoslarini ishlab chiqish; a’zolarni samarali moliyaviy xizmatlar bilan ta’minlash.
2-maqsad. EIFL tarmoqqa a’zo davlatlar har birining ichidagi ilmiy konsorsiumlarni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirishni shakllantirish. Bu maqsad quyidagilarni o‘z ichiga oladi: har bir davlat ichida alohida konsorsiumlar (agentliklar) yaratishni rag‘batlantirish; yangi konsorsiumlar yaratish uchun standart protseduralar ishlab chiqish; alohida davlatlarni, ularning konsorsiumlarini yaratish va rivojlantirish uchun maslahat ko‘magi bilan ta’minlash; a’zolik geografiyasini kengaytirib, 75 gacha davlatni qamrab olish.
3-maqsad. Kutubxonalarni ularning milliy konsorsiumlari orqali axborot manbalarini yuqori samarali yig‘ish, foydalanish va boshqarish vositasi bilan elektron manbalarga qo‘shimcha kiruvni ta’minlash. Ushbu maqsad quyidagilarni o‘z ichiga oladi: barcha predmet sohalar tijorat maqsadlarda ishlab chiqilgan elektron axborotlariga kirishni kengaytirish; turli mamlakatlar milliy elektron axborot manbalariga xalqaro kiruvini kengaytirish; elektron axborotlar uchun EIFL tarmog‘ini litsenziyalash modelini ishlab chiqish.
4-maqsad. Konsorsium a’zolarini ularning talablariga javob beradigan ta’lim, maslahat va marketing dasturlari va xizmatlari bilan ta’minlashdan iborat. Maqsadi quyidagilarni o‘z ichiga oladi: a’zolarni konsorsiumning muammo va yechimlari haqidagi zaruriy bilimlarni olishlari uchun ta’lim va tarmoq imkoniyatlari bilan ta’minlash; maslahat xizmatlari bilan ta’minlash.
5-maqsad. Rivojlanayotgan axborot muhitida milliy konsorsiumlar va kutubxonalarning ta’siri va o‘zgarishi masalalarida elektron axborot manbalarga kirish va foydalanish uchun baholashning muvofiq modelini, texnologik standartlari va amallarini ishlab chiqishga qiziqish uyg‘otish. Maqsadi quyidagilarni o‘z ichiga oladi: elektron axborotlar, intellektual mulkchilik huquqlari va boshqalar uchun yangi iqtisodiy modellarni himoya qilish; axborotlardan yakka hokim bo‘lib foydalanish (monopol), patentlashtirish, boshqarish huquqlari, axborotlarni tarqatish va baholash haqidagi tanqidiy takliflarni tahlil qilish, tekshiruvdan o‘tkazish; a’zo-kutubxonalar va ularning foydalanuvchilari axborot talablariga javob beruvchi distributiv harakatlarni rag‘batlantirish.

Download 1.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling