Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti m. A. Raxmatullayev, B. I. Ganiyeva
Download 1.96 Mb.
|
JAHON-AXBOROTRESURSLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5.JAHON AXBOROT RESURSLARI VA OCHIQ FOYDALANISH MANBALARI Ochiq resurslar. Ochiq foydalanish shartlari. Ochiq foydalanishning asosiy shartlari
Nazorat savollari:
1. Kutubxona konsorsiumlarining vazifalari. 2. AKMning konsorsiumlarga birlashishining afzalliklari nimada? 3. Konsorsiumlar qanday qilib resurslarni hamkorlikda ishlatish imkoniyatlarini kengaytiradi? 4. Konsorsiumlar qanday qilib o‘z a’zolarning sotib olish imkoniyatlarini kengaytiradi? 5. Konsorsiumlar qanday qilib ta’limiy xizmatlar samardorligini oshirishga yordam beradi? 6. Qanday qilib konsorsiumlar texnologik yechimlar samaradorligini oshirishga yordam beradi? 7. Qay tarzda konsorsiumlar kutubxonalarni qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirishi mumkin? 8. Qanday mashhur konsorsiumlarni bilasiz? 9. EIFL xalqaro konsorsiumi missiyasi qanday? 10. EIFL konsorsium qanday funksiyalarni bajaradi? 11. EIFL konsorsiumining asosiy dasturlari? 5.JAHON AXBOROT RESURSLARI VA OCHIQ FOYDALANISH MANBALARI Ochiq resurslar. Ochiq foydalanish shartlari. Ochiq foydalanishning asosiy shartlari Bugungi kunda axborot resursi jamiyat taraqqiyotining shunchalik muhim elementiga aylandiki, insoniyatning butun diqqat-e’tibori oxirgi 20 - 30 yil ichida siyqasi chiqqan taraqqiyot masalalari va shunchaki moddiy resurslar va noz-ne’matlardan axbortni yig‘ish, qayta ishlash va unga yetishish muammolariga asta-sekin o‘tib qoldi. Mustahkam kutubxona infrastrukturasi, ayrim mamlakatlar (Norvegiya va Kanada) tomonidan isbotlanganidek, milliy taraqqiyotning ajralmas qismiga aylandi. Shu jihatdan bunday davlatlar BMTning Insoniyat Taraqqiyoti Ko‘rsatkichida oxirgi o‘n yilda birinchi o‘rinni egalladilar. Aynan axborot sohasining rivojanishi mamlakatlarning taraqqiyotida ulkan disproporsiya - nomutanosiblikka olib kelgani hozirda hech kimda shubha tug‘dirmaydi. Elektron ilmiy-ta’lim resurslarining narxi yildan yilga oshib bormoqda, shu bois rivojlanayotgan mamlakatlar uchun dunyoviy bilimlar manbayiga kirishga ega bo‘lish qiyinlashib borayotir. Biroq mamlakatlar taraqqiyotidagi uzilish rivojlangan mamalakatlar bundan yanada ko‘p foyda ko‘radi, degani emas. Aksincha, qanchalik g‘alati eshitilmasin, disproporsiya jahon taraqqiyotida tormozlovchi rolini o‘ynay boshlaydi. Ayrim mamlakatlarning axborotlardan o‘zlarini izolyatsiyalashlari idealistik va fundamentalistik dogmalarga, hayotni bir tomonlama tushunish va talqin etishga olib keldi. Bu shubhasiz mamlakatlarning siyosiy mavqeyi va iqtisodiy rivojlanishiga ta’sir qiladi. Shu bois ko‘pgina jamoat tashkilotlari, ilmiy-tadqiqot institutlari, universitetlar hamda alohida olimlar so`nggi paytlarda o‘z tadqiqotlari natijalarini, matbuotdagi o‘quv-uslubiy ishlarini ochiq matbuot, Internetning ochiq kirishlari va tarmoqlarida joylashtirish tashabbusi va chaqiriqlari bilan chiqmoqdalar. Ta’kidlanganidek, Budapesht «Открытый доступ» (ochiq foydalanish) deb nomlangan tashabbusi va Berlin Deklaratsiyasida rivojlantirilgan mazkur tushuncha ostida «o‘quvchilarga ma’lumotlarni o‘qish, yuklash, nusxalash, tarqatish va bosib chiqarish, qidirish va havolalar qilish, indeksatsiyalash, uzatish yoki moliyaviy va texnik to‘siqlarni chetlab boshqa legal maqsadda ishlatish, ishni yaxlitligini saqlagan holda muallifga havola berish imkonini beruvchi ommabop Internet orqali tekin kirish» tushuniladi. «Открытый доступ» (Ochiq foydalanish) harakatining o‘zi ilmiy jurnallarning narxi keskin ko‘tarilab ketganligi bois paydo bo‘ldi. Bu o‘z navbatida, ko‘pgina universitetlar, ITI, kutubxonalarning jurnallarga obuna bo‘lishdan voz kechishiga olib keldi. Statistikaning ko‘rsatishicha, so`nggi paytlarda ilmiy jurnallarga obuna narxining o‘sishi yiliga 10% gacha bo‘lgan ko‘rsatkichni tashkil etmoqda. Bir jiddiy ilmiy jurnalga yillik obunaning o‘rtacha narxi 1000 AQSH dollaridan oshib ketmoqda. Kutubxonalar uchun ham davriy nashrlar uchun obunaga o‘z budjetidan mablag‘ ushlab qolish qiyinlashib bormoqda. Ilmiy tadqiqotlar turlari va yangi ilmiy tadqiqot yo‘nalishlarining paydo bo‘lishi, bilimlarning eksponensial o‘sishi jurnallar nomlarining tez ko‘payishiga olib kelmoqda. Globalizatsiyaning umumiy chaqiriqlari va Internet tarqalishi ham jahon bilimlar manbayiga kirishda teng huquqli imkoniyatlarni taqozo etmoqda. Mazkur harakatning maqsadi resurslar mualliflari va egalaridan hamkasabalar tadqiqotlariga ilm-fan taraqqiyoti va bashariyatning butun jahon taraqqiyoti uchun erkin kirish imkoniyatini rag`batlantirishlariga erishishdan iborat. Berlin Deklaratsiyasi «Internet ilmiy bilimlar va ijtimoiy fikrlarning global bazasiga funksional birlashtirish vositasi»ga aylantirilishini e’lon qildi, shu munosabat bilan ko‘rib chiqish lozim bo‘lgan ilmiy siyosat, tadqiqot institutlari, qo‘llab-quvvatlovchi agentlik va fondlar, kutubxonalar, arxivlar va muzeylar uchun mas`uliyatli chora-tadbirlarni aniqlash zarurligini ta’kidladi. IFLA federatsiyasining ma’lumotlariga ko‘ra, 300 ga yaqin universitet, ilmiy tadqiqot markazlari, ilmiy fondlar, akademik va kutubxona assotsiatsiatsiyalari ochiq kirish bo‘yicha Berlin Deklaratsiyasiga imzo chekdilar, butundunyo ta’lim va fan organlari hamda siyosiy tashkilotlar davlat tadqiqotlariga ochiq kirish prinsiplarini oshkora qo‘llab-quvvatladilar. Ochiq kirishga qo‘shilgan hissa original ilmiy natijalar, birlamchi ma’lumotlar va metama’lumotlarni, boshlang‘ich materiallar, tasviriy va grafik materiallarni, raqamli taqdimotlarini va ilmiy multimediyaviy qo‘llanmalarni o‘z ichiga oladi. Download 1.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling