Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti m. A. Raxmatullayev, B. I. Ganiyeva
Download 1.96 Mb.
|
JAHON-AXBOROTRESURSLARI
6.HEAL LINK yoki Gresiyaning 32 ta oliy ta’lim tashkilotlarini (18 ta oliy ta’lim institutlari va 14 ta texnologik ta’lim institutlari), Afina Akademiyasi va Gresiya Milliy kutubxonasini o‘z ichiga oluvchi Gresiya Akademik kutubxonalari birlashmasi. U keng qamrovli harakat dasturiga ega. Ular jumlasiga elektron jurnallarni patentlashni ham kiritish mumkin va bu misol orqali rasmiy manbalarning minimal ko‘magiga (HEAL LINK – faqat bitta shtat birligiga ega) tayangan holda kutubxonachining faolligi va tashabbuskorligi orqali nimalarga erishish mumkinligini ko‘rsatish mumkin. Konsorsium rahbariyati ICOLC va boshqa xalqaro tashkilotlar bilan uchrashuvlarda qatnashishdan o‘zlariga foyda chiqarib oladilar. Bu haqdagi to‘liq ma’lumotni http://leykada.physics.auth.gr sahifasidan olish mumkin.
7.ELNET. ELNET konsorsium – bu 1996-yilda notijorat nodavlat tashkilot sifatida tashkil qilingan Estoniya Kutubxonalari tarmog‘i bo‘lib, kutubxonalarni avtomatlashtirishga bo‘lgan talabini qondirishga yo‘naltirilgandir. Konsorsium a’zolari 4 ta akademik kutubxonalar, milliy kutubxona, san’at akademiyasi kutubxonasi, musiqa akademiyasi kutubxonasi va adabiyotlar muzeyi kutubxonalari hisoblanadilar. Bu konsorsium Ochiq Jamiyat instituti bilan hamkorlikda 1998-yildanoq elektron nashrlarni sotib olish bo‘yicha ishlarni amalga oshira boshladi va EBSCO shartnomasiga qo‘shildi. Iqtisodiy sharoitlari unchalik ham yaxshi bo‘lishiga qaramasdan eston kutubxonachilari anchagina yutuqlarga erishdilar. Ular OSI tomonidan berilgan yordamdan maksimal foydalanishdi va boshqa mamlakatlarda shu kabi muammolarga duch kelgan kutubxonachilar bilan uzluksiz muloqotda bo‘ldilar. Bu haqdagi to‘liq ma’lumotlarni http://www.utlib.ee/elnet sahifadan olish mumkin. 8.ANKOS. Anatoliyadagi kutubxonalar Universitet Konsorsiumi 39 ta Turkiya akademik kutubxonalarini o‘z ichiga oladi va to‘liq universitet xodimlarining o‘z ixtiyorlari bilan yordam berishlariga asoslangan. Konsorsium faqatgina ko‘ngillilarning jonbozligi va faolligiga asoslangan bo‘lishiga qaramasdan kitobxonlar uchun jurnallarning 11 ta ma’lumotlar bazasini taqdim qilib katta yutuqlarga erishdi. Bu ma’lumotlar bazalarini sotib olish konsorsium a’zolari tomonidan moliyalashtiriladi. ANKOS – Ochiq konsorsiumdir, ya’ni agarda kutubxona ANKOS bilan hech bo‘lmaganda bitta litsenziyalangan shartnoma tuzsa, u holda u avtomatik ravishda konsorsium a’zosiga aylanadi. ANKOS Turkiyaning barcha universitet va tadqiqotchi kutubxonalarini yangi elektron mahsulotlar haqidagi axborotlar, konsorsium takliflari va litsenziya kelishuvlari bilan ta’minlaydi va yangi ma’lumotlar bazasi hamda elektron jurnallar kolleksiyasini sinovdan o‘tkazishni tashkil qiladi. Konsorsium akademik rahbarligi ostidagi uncha katta bo‘lmagan boshqarish qo‘mitasiga ega va uning yordamida konsorsium katta yutuqlarga erishmoqda. Bu haqdagi to‘liq ma’lumotni http://www.lib.metu.edu.tr/ankos sahifasidan olish mumkin. www.library.yale.edu/consortia http://www.physik.fu-berlin.de/library/ICOLC-00.html http://www.lib.helsinki.fi/finelib/eicolc.html http://www.deflink.dk/e-icolc/ Download 1.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling